Kongressmen Dana Rorabaker fikricha, Xitoyning Rossiya va Markaziy Osiyoga ta’siri shiddat bilan kuchayib bormoqda. Bu hududlarda Pekin nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki demografik qurol kuchidan foydalangan holda o’z manfaatlariga mos siyosat yuritmoqda, deya fikr bildiradi u. Kongress Vakillar palatasining Yevropa, Yevrosiyo va yangi tahdidlar quyi qo’mitasida o’tgan tinglovda shu mavzu muhokama qilindi. Unda qatnashgan siyosiy tahlilchilar Xitoyning Rossiya va Markaziy Osiyoda faollashuvi AQShning mintaqada olib borayotdigan siyosatiga tahdid solishini ta’kidladi.
Xitoyning Osiyo, xususan, Markaziy Osiyoda ta’sir doirasi yildan yilga kuchayib bormoqda. Rasmiy Pekin, asosan, investitsiya kiritish orqali mintaqa davlatlarining muhim xom-ashyo resurslarini o’z nazoratiga olmoqda. AQSh bundan jiddiy tashvishda. Vashingtondagi rasmiylar nazarida, Xitoy Yevrosiyo davlatlarini iqtisodiy ishg’ol qilish oqibatida gegemon kuchga aylanmoqda. Vakillar palatasida o’tgan tinglovda ham shu haqda mutaxassislar fikri o’rganildi.
Tashqi siyosat tadqiqot instituti tahlilchisi Renselar Lining aytishicha, Xitoy Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasiga ko’z tikkan.
“Sovet Ittifoqi qulagandan beri Uzoq Sharq markaziy hukumatdan uzilib qolgan edi. Iqtisodiyot va infrastrukturaning abgorligi mintaqani markaziy hududdan yanada ajratib qo’ydi. Regionga Moskvadan ko’ra yaqinroq bo’lgan Pekin asta-sekin Uzoq Sharqqa qadam qo’ya boshladi. Buning xavfini sezgan Kreml tezkor choralar ko’rish zaruratini anglab yetdi. Ammo hududni iqtisodiy rivojlantirmasdan turib uning Rossiya tarkibiga integratsiyalashuviga erishib bo’lmaydi. Hukumat rasmiy hisob-kitobiga ko’ra, Uzoq Sharqni qayta oyoqqa turg’azish uchun 380 milliard dollar kerak bo’ladi. Buning katta qismini xorijiy investorlar hisobiga amalga oshirish ko’zda tutilgan”, - deydi tadqiqotchi.
Rossiyaning Uzoq Sharq qismi bo’yicha fikr yuritgan yana bir tadqiqotchi Jon Tasik ham xom-ashyo resurslariga och Xitoyning mintaqani iqtisodiy egallab olish xavfi yuqori ekanini ta’kidladi. Unga ko’ra, agar Xitoy va Rossiya o’zaro strategik hamkorligini kuchaytirsa, bu mintaqada AQSh ta’sirining jiddiy cheklanishiga olib keladi.
“Xitoyning global super kuchga aylanishida Rossiyaning hissasi bor. Agar bu ikki davlat hamkorlikni davom ettirsa, AQSh harbiylarining Xitoy dengizidan buyoqqa o’tishiga yo’l qo’yishmaydi. Agar Pokistonni ham o’zlariga og’dirib olishsa, hatto AQShning Afg’oniston va Markaziy Osiyoga yo’li to’silishi mumkin”, - deydi u.
AQShda yashovchi rus olimi, Indiana universiteti professori Dmitriy Shlyapentox vaziyatga keskin baho berib, kelajakda Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasi Xitoy tarkibiga qo’shilish ehtimolidan xoli emasligini taxmin qiladi.
“Masalan, Vladivostokda mahalliy aholi savdo aloqalarini, asosan, Yaponiya va Xiyoy bilan qiladi. Ikka o’rtada bog’liqlik borgan sari kuchayib bormoqda. Agar Rossiya Uzoq Sharqqa katta sarmoya kiritib, uni yana markaziy hududlar bilan qayta bog’lamasa, bu yerda hatto aholining aksariyat qismi Xitoyga qo’shilishni istab qolishi mumkin”, - deydi u.
AQSh Harbiy kolleji professori Stiven Blenk mintaqa bo’yicha rasmiy Vashington ko’p qayg’urayotganini, ammo amalda hech bir ish qilinmayotganini aytadi.
“Markaziy Osiyoni olib ko’raylik. 2014-yildan keyin bu hududning biz uchun strategik ahamiyati qanday bo’ladi? Avvalo, shu savolga javob topishimiz kerak. Buni bilmasdan turib, aniq reja ham ishlab chiqib bo’lmaydi. Bir necha yil oldin Markaziy Osiyo uchun “Yangi Ipak yo’li” loyihasi ishlab chiqilgan edi. Afsuski, u amalga oshadigan reja emas, balki quruq gapdir”, - deydi tahlilchi.
Tinglovga xulosa yasagan kongressmen Dana Rorabakerning aytishicha, Yevrosiyoda Xitoy ta’sirining oshib borishi AQShning mintaqadagi strategik manfaatlariga tahdid soladi. Unga ko’ra, bunday xavfning oldini olish uchun AQSh Rossiya, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin aloqada bo’lishi va ularga, ayniqsa, iqtisodiy sohalarda yordam ko’rsatishi kerak.
“Inson huquqlarining poymol etilishi bo’yicha dunyoda yetakchi davlat bo’lgan Xitoy, agar Markaziy Osiyoni ham o’z ta’siri ostiga olsa, inson huquqlari borasida mintaqadagi vaziyat yanada og’irlashib, bundan butun yer yuzi zarar ko’radi. Shuning uchun AQSh Xitoyning Osiyodagi ta’sir ko’lami oshishining oldini olish bo’yicha zarur choralarni ko’rishi kerak”, - deydi u.
Tinglovda ishtirok etgan barcha mutaxassislar AQSh regionda faol siyosat olib borishi, jumladan, mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishi lozimligini ta’kidladi. Ularga ko’ra, Yevrosiyoni o’z ta’sir doirsiga olayotgan Xitoy kapitaliga qarshi faqat iqtisodiy yo’l bilan kurashish mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5