AQSh Kongressi mamlakat musulmonlari orasida radikalizm qanchalik keng tarqalganini ko'rib chiqmoqda.
Vakillar Palatasining Xavfsizlik masalalari bo'yicha qo’mitasidagi muhokamada ishtirok etganlardan biri - “Demokratiya uchun Amerika-Islom forumi” jamg’armasi asoschisi, shifokor Zuhdi Jassir.
Uning fikricha, haqiqiy islom va uni ekstremizmga olib chiqqan siyosiy ideologiya o’rtasidagi farqni bilish uchun bunday muhokamalar juda muhim.
“Ushbu muhokamalar boshlangandan beri ko’plab musulmonlar bizga mamnunliklarini izhor qilishdi. Ular, islom dinining ayrim manfaatdor guruhlar tomonidan badnom etilayotganidan charchaganlarini aytishadi. Shunday guruhlardan biri terrorizm aktlarini amalga oshirayotgan radikallar bo’lsa, ikkinchisi hamma narsadan shikoyat qilib turgan shaxslardir. Ikkinchi toifadagilarning sudma-sud da’volari hamda mutaassiblarcha dod-faryod solishlari Amerikaliklar uchun Islom dini va musulmonlar nomini yanada yomonroq ko’rsatmoqda”, - deydi u.
Muhokamada qatnashgan boshqa musulmonlarning ta’kidlashicha, Kongress tekshiruvi ularning fuqaroviy huquq va erkinliklariga daxl qilmaydi yoki barcha amerikalik musulmonlar radikal degan tushunchani bildirmaydi.
Qonunchilar nazarida amerikaliklarning aksariyati tinchlikparvar va qonunlarga itoatkor fuqarolardir.
Lekin demokrat kongressmen Benni Tompsonning aytishicha, bunday muhokamalar hukumatni musulmonlarga yomon ko’rsatishdan boshqa narsa emas.
“Bu muhokamalar “AQSh islom bilan urush olib boryapti”, degan tushunchani yoyishga xizmat qilmaydi deb umid qilaman. Chunki bunday tushuncha Al-Qoida va unga o’xshash guruhlarning a’zolari ko’payishiga hissa qo’shadi, xolos”, - deydi u.
Qo’mitadagi demokratlar muhokamaga Nyu-York universitetidagi Erkinlik va Milliy xavfsizlik dasturi direktorlaridan biri Fayza Patelni taklif etishdi. Patelning aytishicha, faqat musulmonlar jamoasiga e’tibor qaratish noto’g’ri. Chunki ular har doim terrorizmga qarshi kurashda xavfsizlik bo’yicha rasmiylar bilan yaqin hamkorlik qilib kelgan, deydi u.
Pyu tadqiqot markazi o’tkazgan ommaviy so’rov natijasiga ko’ra, amerikalik musulmonlarning katta qismi oddiy fuqarolarga qarshi zo’ravonlik usullarini qo’llashni aslo oqlamaydi.
Qo’mitaning oldingi muhokamalarida AQSh qamoqxonalaridagi musulmonlarning radikallashuvi, al-Shabab esktremist guruhining odam yollash amaliyoti hamda guruhning AQSh harbiy bo’linmalariga solgan tahdidi ko’rib chiqilgan edi.