Prezident Barak Obama mamlakatda xavfli Ebola virusi bilan olishish uchun mas'ul shaxsni tanladi. Oq uy sobiq rasmiysi Ron Klayn avval ikki vitse-prezident qo'lida maslahatchi bo'lib ishlagan.
Qo'shma Shtatlarda ikki odamda virus aniqlangani ketidan Obamaga bosim oshib borayapti. Undan Ebola o'chog'i sanalmish G'arbiy Afrika davlatlaridan odamlar qatnovini to'sish talab qilingan, biroq Oq uy rahbar mutlaqo qarshi.
"Parvozlar man qilinsa, odamlar yashirin, noqonuniy yo'llar bilan kirib kela boshlaydi. Vaziyat undan-da og'irlashadi", - deydi prezident.
Bu orada, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Senegal Eboladan xoli ekanini ma'lum qildi. Bu davlatda 42 kun davomida, kasallikning inkubatsion vaqtida kuzatuv ishlari olib borilgan. Bu davr ichida faqat bir kishiga Ebola tashxisi qo'yilgan.
Lekin Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining bildirishicha, Senegal epidemiya bilan olishayotgan davlatlarga yaqin va hamon tahdid ostida.
BMT hisob-kitobiga ko'ra, virus bilan kurashish uchun 1 milliard dollar kerak. Hozircha shuning uchdan biri jamg'arilgan, xolos.
Tezda harakat qilinmasa, Ebola falaj-poliomiyelit kabi global tanazzulga aylanishi hech gapmas, deydi Amerika Davlat kotibi Jon Kerri.
Your browser doesn’t support HTML5