Dunyoning u chekkasi, Amerikada o’tayotgan prezidentlik saylovi Tojikiston ziyolilari orasida ham qiziqish tug’dirmoqda. Sababini ular oddiygina, dunyoni Amerika boshqarmoqda va u yerda qanaqa odam prezident bo’lishi biz uchun ham muhim, deb izohlashadi.
Ziyoli Abduvosit Salimzodaning aytishicha, o’tayotgan saylovoldi ma’rakalari va yuzma-yuz debatlar Barak Obamaning birmuncha ustuvorligini ko’rsatgan.
Mitt Romnining siyosatida ko’proq urushqoqlik, amerikacha manmanlik yaqqol ko’rinadi, Obamaning demokratik partiyadan ekanligi va o’z chiqishlarida nisbatan tinchroq programmani oldinga surayotgani, muammolarni o’zaro muloqot orqali hal qilishga intilgani uchun xalq uni istaydi, deydi u.
“Obama Amerika manfaatlarini Romni singari kuch bilan emas, pragmatik qarashlarga asoslangan puxta siyosat bilan ilgari surish tarafdori. Kuzatishimcha, Obamaning chiqishlari nafaqat Amerikada balki jahon miqyosida ham o’ziga moyil kishilarni ko’proq jalb qilishiga sabab bo’lmoqda. Romnining prezidentlikka kelishi yer yuzida islom dunyosi bilan to’qnashuvlarni yanada jadallashtirishi mumkin”, - deydi Salimzoda.
Sobiq muhandis, taqvodor Muxtor Sohibiyning taxminicha, saylovda Obama boy beradi. Uning fikricha, Amerika xalqi Obamadan noroziroq ko’rinadi. U aytadiki, bo’layotgan va bo’ladigan barcha saylovlar bir teatr o’yini, spektakldan boshqa narsa emas.
“Amerika prezidenligiga kelsak, unaqa qudratli davlatda kuchli odam rahbar bo’ladi baribir. Obama Amerika uchun juda ham yumshoq, tagi musulmon bo’lgan shaxs. Amerikaliklar kuchga tayangan va ishongan odamlar, shuning uchun Romni saylanadi deb o’ylayman”, - deydi Sohibiy.
Tojikistonlik ziyolilar nazarida, Amerika tarixida qora tanli shaxsning prezidentlikka saylangani u yerda demokratiyaning ustuvor ekanligini ko’rsatadi va ayni shu jihat Obamaning foydasiga ish beradi.
Nafaqaxo’r o’qituvchi Saidamin Jalilov deydiki, Amerikada prezidentlik saylovi u yoki bu shaxsning g’alabasi bilan emas, saylovchilarning erkin va ochiq ovozi bilan e’tiborga loyiq. Qora tanlilar avlodidan prezident saylangani AQShda haqiqatdan ham demokratiya mavjudligin ko’rsatadi, hurfikrlilik hammasi o’sha yerda, millatga e’tibor berishmaydi, deydi u.
“Gap Obama yoki boshqasida emas, saylovchilarning erkin ishtiroki va ularning ovoziga haqiqiy e’tibor muhim rol o’ynaydi. Ovozlarni soxtalashtirish, alternativ nomzodni cheklash yo’q u yerda, mana shunisi muhim”, - deydi suhbatdosh.
Tojikiston Demokratik partiyasi faoli, ekspert Abdujabbor Yo’ldoshev Obama saylovoldi ma’rakalarida kutilganidan kam ovoz olayotgani sababini uning Isroilga nisbatan tutgan mavqesida ko’radi. U Isroil davlatini to’la qo’llab-quvvatlamadi, sabab shu, deydi u.
“Romni bir qudratli Amerika tashkil etishni va’da qilmoqda va Isroil davlati quvvatlayotgan barcha xohishlarni u ham quvvatlaydi. Shuning uchun boshqa mamlakatlar ham Romni prizident bo’lishiga harakat qilishadi. Lekin Obamaning mavqesi kuchli ekanligini e’tirof etish kerak, mamlakat ichida uning tarafdorlari ko’p va Obamaning Amerika tarixida ikki karra saylangan prizidentlar qatoridan joy olish ehtimoli ko’p”, - deydi Yo’ldoshev.
Ayrim mahalliy taqvodorlar respublikachi Mitt Romnining prezidentlikka kelishini ma’qul ko’rishadi. Nima uchun degan savolga ular “bu odam islom olami bilan ixtiloflarni boshlashi mumkin, bu esa bizga g’alaba keltiradi” deb javob qilishadi.
Your browser doesn’t support HTML5