Muxolifar ko'pincha Obama qarorlarini tanqid qiladi. Ammo diplomatik missiyalarni yopishga kelganda respublikachilar uni bir ovozdan yoqladi.
Qo’shma Shtatlar bugun Yaqin Sharq va Afrika shimolidagi ayrim elchixona va vakolatxonalarini qayta ochmoqda. Regionda 19 diplomatik idora xavfsizlik bois hamon yopiq.
Amerika hukumati o’tgan hafta Al-Qoida hujumi ehtimoli haqida gapirib, o’nlab vakolatxonalarini vaqtincha yopishga qaror qilgan edi. AQSh fuqarolari ham xurujlar nishoniga aylanishi mumkin, deya ogohlantirish oldi.
19 elchixona xodimlari esa bugun ham ishga chiqmagan – Abu-Dabi, Ammon, Qohira, Ar-Riyod va Tripoli shular sirasidan. Davlat departamenti buni zarur ehtiyot chora deb ta’riflayapti.
Respublikachi qonunchilar aksariyat hollarda demokrat prezident Barak Obamaning qarorlarini tanqid qiladi. Ammo diplomatik missiyalarni yopishga kelganda muxolifat uni bir ovozdan yoqladi.
“Xavf ehtimoli juda yuqori. Obama ma’muriyati elchixonalarni yopib juda to’g’ri ish qildi”, - dedi Vakillar palatasida Ichki xavfsizlik qo’mitasi raisi Maykl Makkol.
Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar terrorchilarning rejasini puchga chiqardi.
“Terrorchi kuchlar ig’vosini fosh qilib, kuragini yerga tekkizdik. Chekinishga majbur qildik ularni”, - deydi respublikachi kongressmen.
Vakillar palatasining Razvedka qo’mitasi a’zosi, respublikachi Piter King esa Al-Qoida hamon yirik tahdid deya ogohlantiradi.
“2001-yil 11-sentabr xurujidan oldingi davr bilan qiyoslaganda Al-Qoida bugun qudratliroq. Terrorchi guruh shaklan o’zgarib, har yoqqa tarqalib ketdi va istagan payt bizga hamla qilishi mumkin. Al-Qoidaning arab yarim orolidagi bo’limi ayniqsa qo’rqinchli”, - deydi qonunchi.
Demokrat kongressmen Datch Ruppersberger o’tgan yili Bing’ozida AQSh vakolatxonasiga uyushtirilgan hujum takrorlanmasligi kerak, deydi. O’shanda jangarilar to’rt amerikalikni, xususan, elchini o’ldirgan edi.
“Bing’ozidagi fojeani atroflicha tergov qilib, bu hol qaytalanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Amerika fuqarolari mudofaasi ustuvor masala bo’lib qolishi, ehtiyot choralari hozirdan ko’rilishi lozim”, - deydi demokrat kongressmen.
Sobiq ichki xavfsizlik vaziri Maykl Chertoff so’zlariga ko’ra, global axborot almashinuvini kuzatish Amerika uchun terrorga qarshi kurashda qimmatli qurol.
“Dushman taraf fitna rejalayotganini eshitib qolamiz. Aynan qayerda, qachon, kim sodir etishi aniq emas. Shu bois ham ehtiyot choralari keng ko’lamda amalga oshiriladi, barchaga ogohlantirish beriladi”, - deydi Chertoff.
Uning aytishicha, nafaqat xorijdagi diplomatik idoralar, balki Amerikaning o’zida ham xurujlar ehtimoli bor.
Your browser doesn’t support HTML5