Tramp ma'muriyati AQSh sohillari yaqinida neft qazib olishni kengaytirish harakatida.
Prezident Tramp Energetika vazirligida so'zlar ekan, Amerikada oltin davr boshlanganini aytdi.
"Amerika energetika siyosatida yangi yo'nalish ochmoqchimiz. Millionlab ish o'rinlari yaratish, trillionlab dollar daromad olishga yordam beradi bu", - deydi u.
Prezident Barak Obama davrida Arktika va Atlantika okeanlarida neft va gaz qazib olishni cheklovchi qoidalar joriy qilingan edi. Tramp ma'muriyati mana shu cheklovlarni olib tashlamoqchi.
Your browser doesn’t support HTML5