Ingliz va boshqa hind-yevropa tillari birinchi bo’lib hozirgi Turkiya hududida paydo bolgan. Yangi tadqiqot natijalari shundan darak bermoqda. Buni aniqlash uchun esa qiziq bir uslub qo’llanildi.
Ingliz, fransuz, rus, fors va hatto ko’hna yunon tillari hind-yevropa tillari oilasiga kiradi. Jahon tillari orasidagi eng katta oila. G’arbda Islandiyadan sharqda Shri-Lankagacha – dunyoda millionlab odamlar aynan shu tillarda so’zlashadi.
Bu tillarning asosi Yevropada paydo bo’lgan, deydi olimlar. Qay qismida degan savol yuzasidan fikr va taxminlar ko’p.
Bittasiga ko’ra, Kaspiy dengizi shimolida joylashgan dashtliklardagi yarim-ko’chmanchi qabilalar bundan 6000 yil oldin unda gaplashgan.
Yana bir taxminga ko’ra esa hind-yevropa tillari o’chog’i hozirgi Turkiya hududida bundan 8000-9500 yil avval vujudga kelgan. Qishloq xo’jaligi uning tarqalishida asosiy rol o’ynagan.
Yangi Zelandiyaning Oklend Universiteti professori, ruhshunos Kventin Etkinsonning “”Science” (Ilm-fan) jurnalida yozishicha, ikkinchi taxmin to’g’riroq. U hamkasblari bilan tillar kelib chiqishini o’rgandi. Biologlar evolyutsiyani qanday o’rgangan bo’lsa, bu tilshunos-olimlar tillarni xuddi shunday, rivojlanish nuqtai-nazaridan tahlil qilib chiqdi.
“Ular viruslar qaysi oilaga mansub ekanini aniqlayotganda DNK, genlar majmuasidan foydalanadi. Biz ham shunday uslubni qo’lladik, biroq virus emas, tillarni o’rgandik. Biologlardan farqli ravishda DNKni emas, turli tillardagi umumiy so’zlarni aniqlashga harakat qildik,” - deydi Etkinson.
Olimlar 103 ta, shu jumladan 20 ta yo’qolib ketgan tildagi 200 ta so’zni o’rgandi. Ular orasidagi umumiy jihatlar va farqlar tillararo rishtalardan darak beradi, deydi Etkinson.
“Masalan, ingliz va nemis tillarida “suv” so’zi bir-biriga o’xshash – “water”, “wasser” yoki, aytaylik, daniya tilida “water” bo’ladi. Roman tillarida esa bu so’zlar umuman boshqacha – ispanchasiga “agua”, italyanchasiga “acqua”.
Ayrim so’zlar bir-biriga yaqinroq, boshqalari esa unchalik emas. Lekin, deydi olim, hammasi bir oila – hind-yevropa tillariga kiradi.
“Bu tillar joylashuvi bizga ayon. Katta bir daraxtning yaproqlariga o’xshab, hammasi bir-biriga bog’liq. Xuddi daraxt shoxlarini o’rgangandek, tillarni ham sinchiklab, kelib chiqishini tushunishga harakat qildik”.
Hind-yevropa tillari oilasiga Yevropa, Eron platosi va Janubiy Osiyodagi 700 ta til kiradi.
“Arxeologik topilmalar ham tillar tarqalishi jarayonini ko’rsatgan. Fikrimizcha, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan xalqlar ovchilardan farqli ravishda tezroq ko’paygan va tarqalgan. Bir avloddan keyin boshqasi qo’shni hududlarga ko’char ekan, til ham tarqalgan”.
Til asosiy aloqa vositasi ekan, o’zgarishga moyil. Bugun biz gaplashadigan tillar, deydi olimlar, insoniyat singari juda murakkab, og’ir madaniy-ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni bosib o’tgan.
Til har doim ham qadrlanmagan. Uning o’ziga xos jihatlarini, ayniqsa tarixini o’rganish bilan tilni mustahkamlash, asrab-avaylash mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5