Iroq va Afg'onistondagi urushlar Amerikaga trillionlab dollarga tushdi va bu xalq mojarolardan charchagan. Harbiylarni vatanga qaytarib, chet eldagi harakatlarni to'xtating deya talab qilayotgan fuqarolar ko'p.
Ammo faollar nazarida Suriya singari davlatlardagi fojialarga ko’z yumib bo’lmaydi. AQSh global liderlikni boy bermasligi kerak, deydi ular.
Suriyada to’qnashuvlar davom etayapti. Jabrini tortayotganlar asosan tinch aholi. “Suriyaga Ko’mak” nomli tashkilot ularga yordam bermoqchi.
“Mablag’ning katta qismi bizga Amerikada yashayotgan suriyaliklardan keladi. Boshqa davlatlardan ham xayriya olamiz”, - deydi guruh vakili Den Leyman.
2011-yilda tuzilgan nohukumat tashkilot Suriyadagi ayrim isyonchi guruhlarga noharbiy ko’mak uzatadi. Yordam oladigan tomonlar demokratik tamoyillarga sodiq bo’lishi, al-Nusra Fronti singari ekstremistik guruhlar bilan hamkorlik qilmasligi shart deb belgilangan. Lekin amerikaliklar e’tiborini bu mavzuga jalb etish oson emas.
Bunga sabab, deydi Den Leyman, Afg’onistonda hozirgacha davom etayotgan urush. Iroqdachi? Shuncha pul sarflab, minglab askarimizni boy berib, nimaga erishdik deb so’raydi ko’pchilik, deydi u.
“Amerika Ovozi” Vashington ko’chalarida oddiy amerikaliklarning bu boradagi fikrlarini o’rgandi:
“Ehtiyotkorlik eng to’g’ri yo’l. Boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashib nima qilamiz”, - deydi Tennissi shtatidan mehmon bo’lib kelgan Stiven Filds.
“Tinchlikni targ’ib qilish kerak. Urush va zo’ravonlikdan hamma to’yib ketdi. Urush bilan hech narsaga erishib bo’lmaydi”, - deydi o’zini Juli deb tanishtirgan ayol.
Virjiniyalik Merrel Gelburdning aytishicha, xalq mojarolardan charchab ketgani rost. O’zi boshidan xorijdagi urushlarga burun suqmaslik kerak edi, deb hisoblaydi u.
“So’nggi 10 yilda keragidan ortig’ini ham bajarib bo’ldik. Endi nafasni rostlash kerak. Iqtisodni birinchi o’ringa qo’yish zarur”, - deydi yana bir fuqaro.
Ommaviy so’rovlarda ham qayta-qayta shuni eshitayapmiz, deydi tadqiqotchi Kerol Doerti.
“Ikki yirik urushdan keyin boshqa bunday mojarolarga aralashmaslik kayfiyati kuchli. Yaqin Sharqdagi jarayonlardan, qolaversa, Xitoyning agressiv xatti-harakatlaridan xavotir bor. Omma dunyoning qaynoq nuqtalaridan uzoqroqda yurishni istaydi”.
“Ehtimol amerikaliklar tashqi siyosatda liderlikdan chekinish vaqti kelganini uqtirayotgandir. Lekin dunyoda ro’y berayotgan mojarolarni hal etishda Amerika yordami havodek zarur”, - deydi “Suriyaga Ko’mak” tashkiloti vakili Den Leyman.
Guruhning Vashington, Britaniya, Fransiya va Turkiyada idoralari bor.
Your browser doesn’t support HTML5