Kerri: Eron yadro bitimi shartlarini bajarishga tayyor

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Eron bilan tuzilgan yadro bitimi ijrosi shu kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Kerriga Tehron kelishuv shartlarini bajarishga tayyor ekanini aytgan.

Kerri Shimoliy Koreya amalga oshirgan yadro quroli sinovi haqida ham gapirib, bu masalada Xitoy bilan ham muloqot olib borilayotganini ta'kidladi.

"Xitoy o'z qarashini bildirishni xohladi. Biz bunga rozi bo'lib, ularga imkoniyat berishga qaror qildik. Ammo xitoyliklarga aytdimki, agar bu natija bermasa, buni shundayligicha tashlab qo'ymaymiz", - dedi AQSh Davlat kotibi.

Kerrining aytishicha, nafaqat Xitoy, balki barcha davlatlar bu masalada o'z e'tirozini bildirishi kerak.