Oq uy respublikachilar taklifini mantiqsiz deb topdi

  • Amerika Ovozi

A competitor throws the weight in the Ballater Highland Games, in Monaltrie Park, Ballater, Scotland.

Oq uy Kongress Vakillar palatasida hukmron respublikachilarning immigratsiyaga doir takliflarini keskin tanqid qilayapti.

Muxolifat Amerikaga bolaligida olib kelingan nolegal muhojirlarga qonuniy maqom berib, ularning ota-onalarini deporatsiya qilish tashabbusi bilan chiqqan.

Obama ma’muriyati nazarida bu mantiqsiz taklif. Immigratsiya tizimi islohoti izchil, asosli bo’lishi kerak, deydi Oq uy matbuot kotibi Jey Karni.

Vakillar palatasida ishlab chiqilayotgan hujjat loyihasi Bolalar akti deya nomlanishi kutilmoqda.

Dastur mamlakatga kichik paytida ota-onasiga ergashib kelgan hujjatsiz muhojirlarni avf etishni, fuqarolikka yo’l ochishni ko’zlaydi.

Senatda ko’pchilikni tashkil etgan demokratlar esa AQShda yashayotgan 11 million noqonuniy immigrantlarning barchasiga imtiyoz berish tarafdori.