“Nyu-York Tayms” gazetasi xabariga ko’ra, Qo’shma Shtatlarda deportatsiyaga uchragan noqonuniy muhojirlar soni kamaygan.
2009-yildan beri bu raqam ikki baravarga qisqargani ma’lum.
O’sha payt bilan qiyoslaganda, Obama ma’muriyati joriy yilda deportatsiya bilan bog’liq 26 foizga kam sud ishlari ochgan.
Hukumat masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashayotgani seziladi. Xususan, jinoiy o’tmishi bo’lmagan, oilasi Amerikada yashayotgan nolegal immigrantlarga ko’proq imkon berilayotgani qayd etiladi.
Bu orada, immigratsiya bo’yicha faollar Obama ma’muriyatini qonunlarni tubdan isloh qilishga undayapti.
Mamlakatda 12 million hujjatsiz muhojir yashaydi. Ularga fuqarolik uchun imkon berilishi kerak, deydi huquq himoyachilari.

Your browser doesn’t support HTML5