AQShda immigratsion islohotlar talab qilayotgan tomonlar prezidentdan norozi. Obama davrida, deydi ular, yiliga yuzlab ming noqonuniy muhojir deportatsiya qilinmoqda. Lekin prezident ham, Kongress ham immigratsiya tizimini islohq qilish haqida gapirgani gapirgan.
Immigratsiya qonuniga tuzatish kiritishni talab qilayotgan bir guruh faollar Vakillar palatasi spikeri Jon Beyner qabuliga kirmoqchi bo’ldi. Unga so’rovnoma eltish uchun Kapitoiyga borishdi. Ammo Beyner ularni qabul qilmadi.
AQShdagi eng ko’p sonli immigrantlar – ispanzabonlar. Bu jamoa yetakchilari Obama ma’muriyatini ko’plab muhojirlarni deportatsiya qilayotganlikda ayblaydi. Latinolar orasida Obamaning obro’si pasayib ketgani aytildi. Vaholanki, prezident o’zini immigratsiya islohoti tarafdori deydi.
“Bu jamoa vakillari men ular tarafida ekanimni bilishsin. Ular uchun kurashayapman,” - dedi Obama.
Namoyishda Melissa Makgvayer-Maniau ham bor edi. Uning turmush o’trog’ini bir necha marta deportatsiya qilishga urinishgan. Oxiri tinch qo’yishgan.
“Immigratsiya xizmati xodimlari uyimizga uch marta kelib-ketishdi. Dahshatga tushdik, tinchimiz buzildi. Holbuki, erim 20 yildan buyon Amerikada yashaydi,” - dedi ayol.
O’tgan hafta prezident Kongressning uch nafar taniqli ispanzabon a’zosi bilan uchrashdi. So’ngra immigrant faollar bilan deportatsiya masalasini muhokama qildi.
Vakillar palatasi a’zosi Xavyer Beserraning aytishicha, Obama immigratsiya masalasi sabab yaqinlaridan ajralgan odamlar taqdiridan xavotirda.
“Prezident Ichki ishlar vaziriga uqtirgan, qonunning kamchiligini topib, tuzatish haqida biz bilan maslahat qilishni buyurgan. Nomaqbul immigratsion tizimdan odamlar jabr ko’rayapti. Oilalar aziyat chekmoqda. Bunga chek qo’yish zaruratini eslatgan prezident,” - dedi Beserra.
Respublikachi kongressmen Raul Labrador muhojir oilalarga yordam berish uchun partiyamiz qonunni biroz o’zgartirishga rozi, deydi. Ammo prezident Obama va demokratlarni juda katta talablar qo’yganlikda ayblaydi.
“Muammo shundaki, bizdan har bir muhojirga yordam berishni talab qilib turib olishgan. Bu insofdan emas,” - deydi u.
Immigrantlar qonun tubdan o’zgarmaguncha Kongress va prezidentga bosim o’tkazishni davom ettirmoqchi.