Breaking News

Yangi qonun AQShga yaqiningizni olib kelishni cheklashi mumkin


Muhojir va oila - Immigration, siblings
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:30 0:00

Muhojir va oila - Immigration, siblings

Shu paytgacha AQSh fuqaroligini olgan xorijliklarning aka-ukalari yoki farzandlari ham fuqarolik uchun hujjat topshirishi mumkin edi. Yaqinda Senat tasdiqlagan yangi qonun endi bu amaliyotni cheklashi mumkin. Unga ko’ra, 31 yoshdan katta bo’lgan xorijliklar AQSh fuqarosi bo’lgan oila a’zolari orqali Amerika fuqaroligini olish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. AQShdagi muhojir jamiyatlar qonunning bu bandiga qarshi chiqmoqda.

Immigratsiya islohoti va muhojirlar oilasi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00
Yuklab oling
Kun issiq, ammo Natanel Lov ish bilan band. U 60 kishilik guruh bilan, asosan, osiyoliklar yashovchi mahallalarda eshikma-eshik yurib muhojirlarni yangi o’zgarishlardan ogoh qilmoqda.

“Biz odamlardan Kongressdagi vakillariga qo’ng’iroq qilib, adolatli va insonparvar immigratsiya islohotini talab qilishini so’rayapmiz”, - deydi Osiyo muhojirlari tashkiloti vakili Lov.

Uning aytishicha, qonunning oilalar birlashishini cheklovchi bo’limi adolatdan emas. Hujjat 31 yoshdan oshgan oila a’zolarining birga bo’lish imkoniyatlarini yo’qqa chiqaradi.

“Tog’alarim va xolalarim dadamning ketidan kelishgan. Ular aka-singillar kategoriyasiga kirar edi. Agar shu narsa bo’lmaganida, oilamiz bu yerga kelolmagan bo’lardi”, - deydi Lov.

Hozirgi qonunga ko’ra, fuqaro bo’lgan shaxslarning turmush o’rtog’i, 21 yoshgacha bo’lgan farzandlari va ota-onasi AQShga kelish uchun vizani tez olishlari mumkin. Ammo 21 yoshdan katta farzandlar va oilaning boshqa a’zolariga cheklangan miqdorda viza beriladi. Senatda ishlangan qonun loyihasidagi yangi o’zgarishlarning yaqin orada kuchga kirishi haqiqatdan yiroq bo’lsa ham, siyosatshunos professor Den Shnurning aytishicha, huquq faollarining xavotir bildirishiga asos bor.

“Agar keng miqyosli immigratsiya loyihasi kelajakda Kongressdan o’tsa, oilalarning birlashuviga oid bo’lim hozirgi holatdagidek saqlanib qolishi amri mahol”, - deydi u.

Professor Shnurning aytishicha, ko’plab amerikalik siyosatchilar oila deganda, asosan, ota-ona va yosh bolalarni tushunadi. Ishsizlik va iqtisodiyotning bugungi ahvoli ham o’zgarishga ta’sirini ko’rsatmoqda, deydi u.

“Vashingtonda alohida ish malakasiga ega bo’lgan, maxsus ta’lim olgan yoki tajribali mutaxassislar uchun eshiklarni kattaroq ochish haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinadi”, - deydi Shnur.

Senat qonun loyihasida texnologiya kabi aniq sohalar bo’yicha AQShda oliy ta’lim olgan talabalar hamda qishloq xo’jaligi kabi ko’p ishchi kerak bo’ladigan sektorlar uchun vizalar sonini ko’paytirish ko’zda tutilgan.

Oila a’zolari uchun vizalarning cheklanishidan, ayniqsa, osiyolik muhojirlar ko’p aziyat chekadi, deydi osiyoliklar jamiyati vakili Mishel Sausedo.

“Xorijdagi oila a’zolarini chaqirish imkoniyatidan eng ko’p osiyoliklar foydalanardi. Yaqinligi bois ispanzabon davlatlardan ham tekshiruvlarsiz ko’plab odamlar keladi”, - deydi Sausedo.

Amerikadagi osiyoliklar jamiyati muhojirlarga oila a’zolarini Amerikaga chaqirib olishlari uchun hujjat to’ldirishda amaliy yordam ko’rsatadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG