Vakillar palatasi Eron yadro dasturiga doir bitimni ma'qulladi

  • Amerika Ovozi

Kongress yuqori palatasi, Senat o'tgan hafta loyihani yoqlab chiqqan edi. Oq uyning bildirishicha, Prezident Barak Obama unga qo'l qo'yishni rejalamoqda.

Vakillar Palatasi Kongressga Eron yadro dasturi borasida erishilgan har qanday bitimni ma'qullash yoki rad etish huquqini beruvchi hujjat loyihasini qo'llab-quvvatladi.

Senat o'tgan hafta loyihani yoqlab chiqqan edi. Oq uyning bildirishicha, Prezident Barak Obama unga qo'l qo'yishni rejalamoqda.

Loyiha Kongressga Eron, AQSh va jahonning yana besh davlati erishgan kelishuvni ko'rib chiqish uchun bir oy muhlat beradi.

Obama ma'muriyati avvalroq Kongressni Tehron bilan muzokaralarga yo'latmoqchi emas edi. Obama nazarida bu Eron bilan shundoq ham murakkab muloqotni izdan chiqarishi mumkin edi.

Lekin keyinroq tobora ko'p demokratlar hujjat loyihasini yoqlab chiqar ekan, prezident fikridan qaytdi.

AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Rossiya 30-iyungacha Tehronning yadro dasturi bo'yicha tugal kelishuvga erishishi kerak.

Unga ko'ra, Eron uranni boyitish dasturini qisqartiradi va bu bilan ommaviy qirg'in qurolini yasash ehtimoli kamayadi.

Evaziga G'arb davlatlari Eronning iqtisodiyotini bo'g'ib qo'ygan sanksiyalarni yumshatadi.

Tehronning ta'kidlashicha, yadroviy tadqiqotlar doim tinch maqsadlarni ko'zlab kelgan.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh, Eron murosa sari qadam tashlayaptimi?

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh Kongressi va Eron