AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan yadro masalasida kechayotgan muzokaralar haqida yanglish fikrda.
Netanyaxuning aytishicha, Eron bilan murosa qilib, Amerika va uning ittifoqchilari Eronni yadro quroliga yo'latmaslik siyosatidan chekindi.
Kerri esa Kongressdagi tinglovda so'zlar ekan, Tehron bilan shu paytgacha erishilgan bitimlar aslida Isroilning xavfsizligini ta'minlayapti, deydi. Eron yadroviy tadqiqotlarini ancha qisqartirdi, deydi Kerri.
Eron bilan muzokaralarni tanqid qilayotganlar esa, jumladan, Benyamin Netanyaxu, o'zi nima deyotganini bilmayotgan bo'lishi mumkin, deydi Amerika bosh diplomati.
Amerika va ittifoqchi Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Rossiya iyulgacha Eron bilan yadroviy dastur masalasida bitimga erishishi kerak. Shunda Tehron uranni boyitish dasturini qisqartiradi, mamlakat yadro qurolini qo'lga kiritish xavfi yo'qoladi. G'arb esa sanksiyalarini olib tashlaydi.
Bu jazo choralari Eronning iqtisodiyotiga qattiq ziyon qilib ulgurgan.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5