Obama Isroil bilan harbiy rishtani mustahkamlovchi hujjatni imzoladi

  • Amerika Ovozi

“Xavfsizlik, razvedka, texnologiya kabi yo’nalishlarda Isroil bilan hamkorlikni mustahkamlash biz uchun muhim".

Prezident Barak Obama bugun Qo’shma Shtatlar va Isroil o’rtasida harbiy va noharbiy rishtalarni mustahkamlovchi qonun loyihasiga imzo chekdi.

Hujjat Isroilga raketa ishlab chiqarish uchun qo’shimcha 70 million dollar uzatishni ko’zda tutadi; Isroil-Falastin ixtilofiga tinch yechim topishni qo’llab-quvvatlaydi.

Amerika uchun Isroil xavfsizligi ustuvor masalalardan, dedi Obama.

“Xavfsizlik, razvedka, texnologiya kabi yo’nalishlarda Isroil bilan hamkorlikni mustahkamlash biz uchun muhim. Ushbu hujjat avvalgi kelishuvlarni yangi bosqichga ko’taradi”, - dedi u.

Kuzgi prezident saylovlarida qayta saylanishdan umidvor Obama shu tariqa raqibi, ertaga Isroilga borishi kutilayotgan Mitt Romniga zarba bermoqda.

Xususan, Obama muhim shtatlarda yahudiy saylovchilar ovozidan umidvor.

Holbuki, Romni Obamaning Isroilga doir siyosatini tanqid qilib, ishonchli ittifoqchini pisand qilmayotganlikda ayblab keladi.

U safari davomida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashishi kutilmoqda.

Obama prezident bo’lganidan beri Isroilga bormagan.