Amerika Mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha, harbiy byudjetdan NATOga 3,4 milliard dollar ajratiladi.
Bryusselda mudofaa vazirlarining ikki kunlik anjumanidan keyin jurnalistlar bilan uchrashgan Karterning aytishicha, bu avval ajratilgan moliyadan to'rt marotaba ko'p. Pul Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilarni Rossiya agressiyasidan himoya qilishga qaratilgan.
"Ittifoqchi mamlakatlar bilan ko'proq harbiy mashqlar va treninglar o'tkazishga, qurol-aslaha, qo'shimcha harbiy yordam kabilarni ta'minlashga sarflanadi bu moliya", - deydi Karter.
Pentagon rahbari Germaniya, Turkiya va Gretsiyani O'rta dengizda muhojirlar tanazzuliga birgalikda yechim topish tashabbusi bilan chiqqani uchun olqishladi. Rejaga ko'ra, NATO habriy dengiz floti muhojirlar oqimini jilovlashda yordam beradi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5