Prezident Barak Obama Tinch okeani muhofazasini ko’zlovchi yangi tashabbus e’lon qildi. 17-iyn kuni AQSh Davlat departamentida o'tgan anjuman ishtirokchilariga video murojaat qilgan Obama baliqchilik va boshqa faoliyatlar okean ekologiyasini buzmoqda, deya ta'kidladi.
Olimlar va ekolog-faollar ko’p yillardan buyon bu borada ogohlantirib keladi, ammo siyosatchilar shu kungacha ushbu masalaga yetarli e’tibor qaratmagan.
AQSh rahbari yangi strategiya ishlab chiqishni buyurgan. Unda Tinch okeanida noqonuniy baliqchilik va suvlarni ifloslashga qarshi kurash - asosiy maqsadlar.
"Suvlarni ifloslash okean jonzotlarini xavf ostiga qo’yadi. O’ta katta ko’lamdagi baliqchilik oqibatida baliqlarning ayrim turlari yo’q bo’lib ketishi mumkin. Baliqchilik orqali tirikchilik qiladigan odamlar hayotiga ham xavf tug’iladi. Bu muammolarga e’tibor qaratmasak, okeandagi zaxiralarni kamaytirib boraversak, nafaqat insoniyatning eng katta xazinalaridan birini talon-taroj qilayotgan bo’lamiz, balki shu jumladan Qo’shma Shtatlar uchun oqiz-ovqatning eng yirik manbalaridan birini va iqtisodiy o’sish manbaini yo’q qilayotgan bo’lamiz”, - dedi Obama.
Strategiya doirasida Tinch okeanining ayrim hududlarida baliqchilikni qisman cheklash kabi choralar ko’zda tutilgan.
Obama tarafdorlari orasida tabiat muhofazasi bilan tanilgan Gollivud yulduzi Leonardo DiKaprio bor.
“Bir necha milliard odam hayoti oqsil moddasi manbai bo’lgan baliq va dengizning boshqa mahsulotlariga bog’liq. Biz esa bu suvlarni himoya qilolmayapmiz. Okeanni saqlab qolish uchun hoziroq chora ko’rmasak, nafaqat delfin va akulalar, balki barchamiz, fanzandlarimiz va nevaralarimiz aziyat chekadi”, - dedi aktyor.