Energiya iste’moli va importi bo’yicha dunyoda birinchilardan bo’lgan Janubiy Koreyada hukumat yangi atom stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda. Ayrim shaharlar, xususan poytaxt Seulda esa rasmiylar “yashil energiya”, ya’ni tabiat uchun bezarar va qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarini rivojlantirish kerak, deydi.
Seul shahar merligining qayta ta’mirlangan binosi bundan buyon “yashil” energiyadan foydalanadi. Tomida 1000 dan ortiq quyosh quvvati batareyalari o’rnatilgan. Butun binoni elektr toki va issiq suv bilan ta’minlaydi.
Hokimiyatning energiya bo’limi boshlig’i Kuk Jun Yenga ko’ra, quyosh batareyalari bino talab qiladigan quvvatning 28 foizini ishlab chiqaradi. Ammo ramziy ma’nosi beqiyos, deydi u.
“Xususiy sektorni qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritishga rag’batlantirmoqchimiz. Shahar boshqarmasi quyosh batareyalaridan quvvat olishi mumkinligini namoyish etsa, xususiy bizneslar ham shunga jazm qiladi degan umiddamiz,” - deydi u.
Janubiy Koreya hududida tabiiy manbalar cheklangan. Jahon Banki ma’lumotlariga ko’ra, mamlakat iste’mol qiladigan energiyaning 82 foizi, asosan ko’mir va neft, xorijdan sotib olinadi.
Seuldagi Osiyo siyosiy tadqiqotlar institutining energetika masalalari bo’yicha mutaxassisi Pak Ji Yan bunday tobelikni “yashil energiyani” rivojlantirish orqaligina kamaytirish mumkin, deydi.
“Koreya barqaror taraqqiyot va xalq farovonligini ta’minlashni istasa, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishi kerak,” - deydi olima.
Pak fikricha, merlikdagi kabi loyihalar rag’batlantirilishi kerak. Biroq mamlakat ehtiyojlarini qoplash uchun boshqa manbalar ham muhim, deydi u.
Xususan, atom energiyasi. Mamlakat elektr quvvatining uchdan bir qismi aynan atom elektr stansiyalarida ishlab chiqiladi.
Hozirda Janubiy Koreyada 23 ta stansiya mavjud. Kelasi 10 yil ichida yana to’qqiztasi quriladi. Hukumat energetika sohasida xavfsizlikni ta’minlashga intilar ekan, atom elektrostansiyalarini qurishni muhim yo’nalishlardan biri, deb belgilagan.
Yaponiyaning Fukushima atom zavodidagi reaktor portlaganidan beri atom energiyasining xavfi atrofidagi xavotirlar kuchaydi. Koreya yadroviy energiya jamiyati prezidenti Kim Jon Kyunning aytishicha, atom energiyasi aslida “yashil” energiya.
"Atom stansiyalaridan atmosferaga chiqariladigan zararli gaz hajmi bir kilovatt soatda 10 grammga teng. Vaholanki, suyuq tabiiy gazdan bundan 55 marta ko’proq zararli gaz chiqariladi. Shu bois atom energiyasi “yashil”, ya’ni bezarar energiya hisoblanadi. Albatta, xavfsizlikni ta’minlash zarur, ammo bu masala hal etilsa, yadroviy energiyadan tozarog’i yo’q,” - deydi u.
Mamlakatning ayrim atom elektr stansiyalarida xavfsizlik masalasi dolzarb. So’nggi bir yilda uchta reaktorda xavfsizlik guvohnomalari soxtalashtirilgani aniqlanganidan keyin ularning ishi to’xtatildi. Pora evaziga bunday qalbaki hujjatlarni bergan rasmiylar ishdan bo’shatildi, ba’zilari esa qamaldi.
Seullik mutaxassis Kuk Jun Yenning aytishicha, poraxo’rlikka qarshi kurash va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq boshog’riqlardan keyin quyosh panellari va boshqa “yashil” texnologiyalar yanada jozibaliroq ko’rinadi.
“Bu texnologiyalar juda tez rivojlanyapti, hukumat ham bizni qo’llab-quvvatlaydi. Demak, kelajakda mana shu turdagi qayta tiklanadigan energiya atom va boshqa manbalar o’rnini egallaydi. Ana o’shanda mamlakat ham energetik mustaqillikka erishadi", - deydi Kuk.