Oq uy muxbirlari bazmidan talabalar uchun stipendiya

  • Amerika Ovozi
Vashington va Gollivud olami kecha jam bo’lib, Oq uy muxbirlari uyushmasi bazmida bayram qildi. Bundan tushgan moliya jurnalist talabalar uchun stipendiyaga sarflanadi.
Vashington va Gollivud olami kecha jam bo’lib, Oq uy muxbirlari uyushmasi bazmida (White House correspondents Association dinner) bayram qildi.

Prezident Barak Obama, an’anaga ko’ra, unda qatnashar ekan, odatdagiday hazil-askiyalar yangradi.

Oq uy rahbari xususan o’z ma’muriyatini, ayniqsa yangi tibbiy sug’urta dasturini kulgiga oldi. Dastur ishga tushganida veb sahifada nuqsonlar chiqaverib Obama ma’muriyati tanqidga ko’milgan edi.

Bu bazmdan tushgan moliya jurnalist bo’laman degan iste’dodli kollej talabalari uchun stipendiyalarga sarflanadi.

Bu yig’in joriy yilda 100 yilligini nishonlayapti.

Your browser doesn’t support HTML5

Nyu-Yorkdagi o’zbek matbuoti: “Vatandosh”, “Uzbegim” va teleko'rsatuvlar