Breaking News

Qamoqdagi jurnalist Muhammad Bekjonga berilgan xalqaro mukofot oilasiga topshirildi


Nadejda Atayeva (chapdan ikkinchi) o'tgan yili Parijda "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti bergan mukofotni uning egasi Muhammad Bekjonning Amerikada yashaydigan oilasiga topshirdi. O'zbekistonda 1999-yildan beri qamoqda o'tirgan jurnalistning qizlari Oygul va Inoyat sovrinni olar ekan, otasi yaqin kelajakda ozodlikka chiqishiga umid bildirdi. Vashingtonda Ochiq Jamiyat Institutida o'tgan tadbirda Human Rights Watch huquq tashkiloti vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) Muhammad Bekjon taqdiri haqida so'zlab berdi.
Nadejda Atayeva (chapdan ikkinchi) o'tgan yili Parijda "Chegara bilmas muxbirlar" tashkiloti bergan mukofotni uning egasi Muhammad Bekjonning Amerikada yashaydigan oilasiga topshirdi. O'zbekistonda 1999-yildan beri qamoqda o'tirgan jurnalistning qizlari Oygul va Inoyat sovrinni olar ekan, otasi yaqin kelajakda ozodlikka chiqishiga umid bildirdi. Vashingtonda Ochiq Jamiyat Institutida o'tgan tadbirda Human Rights Watch huquq tashkiloti vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) Muhammad Bekjon taqdiri haqida so'zlab berdi.
3-may - Xalqaro matbuot erkinligi kuni. Axborot va jurnalistlar ulug’lanadigan, insonning informatsiya olishdek uzviy huquqi qadrlanadigan ayyom. Qo’shma Shtatlar hukumati matbuot xodimlarini bu kun bilan qutlar ekan, Toshkentdagi elchi Jorj Krol o’z tabrigida axborot insonga havo va suvdek zarur deya eslatdi. Informatsiya – kuch, deydi diplomat.

Nafaqat O’zbekiston balki butun Markaziy Osiyo - jurnalistlar uchun xavfli hudud. Mustaqil matbuot tushunchasi juda sayoz; deyarli har bir axborot vositasi kuchli nazorat ostida; xususiy yoki nohukumat tashkilot bo’lsa ham hukumatlar ularning faoliyatini o’z iznidan chiqarmaydi; chiqqanlar esa jazolanadi, yopiladi yoki xodimlar sudga tortiladi, deyiladi xalqaro tahlilnomalarda.

AQSh elchisi o’z tabrigida matbuot va axborot erkinligi naqadar zarur ekanini qayd etdi, ammo mamlakatda panjara ortida o’tirgan jurnalistlar taqdiriga to’xtalmadi. Dunyo bu haqda allaqachon biladi.

Muhammad Bekjon - jahonda eng uzoq davr qamoqda saqlanayotgan jurnalistlardan biri

Muxolif gazeta bo’lgan "Erk" nashriga muharrirlik qilgan, 1999-yildan beri panjara ortida.

Muhammad Bekjon "Erk" partiyasi lideri, uzoq yillardan beri xorijda yashaydigan Muhammad Solihning ukasidir. Solih ta'kidlab keladiki, ukasi - repressiv tuzum qurboni.

Muhammad Bekjon va uning safdoshi Yusuf Ro’zimurodov Ukrainada qo'lga olingan. Tuzumga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2012-yilning boshida qamoqdagi tartibni buzganlikda ayblanib, yana besh yilga kesilgan.

O’zbekiston hukumatining pozitsiyasi shuki, Bekjon man etilgan nashr chiqarib, man etilgan siyosiy harakatni targ'ib qilib, mavjud tuzumni ag'darishga harakat qilgan. Yusuf Ro’zimurodov 15 yilga qamalgan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi hisobicha, ayni damda O'zbekistonda kamida 14 jurnalist panjara ortida. Xalqaro tashkilotlar ularning barchasi ozod etilsin deya undab keladi. Hozirda Muhammad Bekjon Navoiy viloyatida jazoni o'tash zonasida. Oilasining aytishicha, mahbus sil va boshqa xastaliklardan azob chekmoqda.

2013-yilda Muhammad Bekjon Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining yillik xalqaro Matbuot erkinligi mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Taqdimot marosimida sovrinni uning nomidan Markaziy Osiyo Inson huquqlari uyushmasi rahbari Nadeja Atayeva qabul qilgan edi.

"Chegara bilmas muxbirlar" nazarida Muhammad Bekjon O'zbekistonda jurnalistika taraqqiyoti uchun bebaho hissa qo'shgan, matbuot va so'z erkinligi yo'lida kurashgan va shu bois ham ta'qibga uchragan.

Muhammad Bekjon siyosiy mahbus bo'lib, muxolif qarash va fikrlarni yoritgani, muqobil siyosat haqida yozgani uchun nishonga olingan, deydi uning himoyachilari.

2-may kuni Vashingtonda Ochiq Jamiyat Instituti qoshida o’tgan tadbirda Nadejda Atayeva omonatni Muhammad Bekjonning qizi Oygul Bekjonga topshirdi. 33 yoshli Oygul yonida singlisi, 19 yoshli Inoyat bilan minnatdorchilik bildirdi.

Atayeva fikricha, so’z va matbuot shu qadar qudratliki, bu inson erkinlik istagani uchun shuncha yildan beri azob chekmoqda.

“Eng qiyin damlarda ham Muhammad Bekjon haqiqatni yoritishdan qo’rqmagan va bugun biz buni ochiq ayta olamiz”,- deydi faol.

Mahbusning oilasi AQShda yashaydi. Jurnalistning farzandlari deydiki, dunyo ahli bu inson taqdiriga befarq emas va bu sovrin O'zbekiston rahbariyatini adolatga undashi kerak.

“Chegara bilmas muxbirlar”, Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi va “Human Rights Watch” kabi yirik tashkilotlar Muhammad Bekjon taqdiri haqida ko'plab bayonot va chaqiriqlar chiqargan. Nadejda Atayevaning tashkiloti ular bilan hamkorlik qiladi.

“Xorijda va vatanda uning taqdiriga befarq bo’lmagan insonlar nomidan Muhammad Bekjonning oilasiga sabr va bardamlik tilaymiz”,- deydi faol.

“Bu mukofot mahbusga ozodlikka chiqadigan kunlar bor deya umid bersa ajabmas”.

Otasiga atalgan mukofotni qo’liga olar ekan, Oygul Bekjon ko’zlarida yosh bilan shunday dedi:

"Otasi hozirgacha hayotining 15 yilini qamoqda o’tkazdi. Uning chiqishini intizorlik bilan kutayapmiz... Biz uchun har bir kun g’animat. Umidni boy bermaganmiz. Onam 15 yildirki, kunu tun umr yo’ldoshining erkinligi uchun kurashib, qo’ldan kelgan barcha chorani ko’rib keladi. Otam qaytadi bag’rimizga degan umid bizni hech qachon tark etmaydi”.
Muhammad Bekjon - xalqaro mukofot - Vashingtondagi taqdimot - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:03 0:00
Yuklab oling
Надежда Атаева-Айгул Бекжан-Инстит - Вашингтон, 2 мая, 2014, вручения премии «Репортеры без границ»
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:02 0:00
Yuklab oling

Markaziy Osiyoda Inson Huquqlari Uyushmasi Xalqaro matbuot erkinligi kuni munosabati bilan AQSh poytaxtida ko'rgazma tashkil edi. Mavzu - san'at va inson huquqlari.

Vashingtonda Ochiq Jamiyat Institutida o'tgan tadbirda o'zbekistonlik (anonim) ijodkorlarning tanqidiy-isyonkor ishlari namoyish etildi.

Uyushma rahbari Nadejda Atayeva deydiki, ko'rgazma badiiy ijod namunalaridir lekin unda O'zbekistonda so'z va matbuot erkinligi qanchalik cheklangani o'z ifofasini topgan. Bu tasvirlarni izohlashga hojat yo'q, deydi faol.
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG