Tinch okeani mintaqasidagi 12 davlatning savdo vaziri bugun, payshanba kuni Yangi Zelandiyada Trans Tinch okeani hamkorlik bitimini imzoladi.
Erkin savdo hududini nazarda tutuvchi kelishuv jahon iqtisodiyotining yarmini tashkil etuvchi bu davlatlarda soliqlarni kamaytirish va savdo to'siqlarni olib tashlashga xizmat qiladi.
Amerikaning savdo bo'yicha mas'ul vakili Maykl Froman bitimni imzoladi.
Bitim sharofati bilan AQSh iqtisodiyoti yiliga 130 milliard dollar foyda ko'radi, eksportdan 350 milliard dollar daromad qilinadi. Shunday ekan, Kongress kelishuvni ma'qullaydi, degan umiddaman, deydi Froman.
Shartnomaga qo'l qo'ygan 12 mamlakat parlamentlari uni tasdiqlashi kerak bo'ladi.
Ayrim tanqidchilar fikricha, bitim AQShda ish joylarini kesib, Amerika bozori chet el mahsulotiga to'lib ketadi.
Lekin Oq uy izohiga ko'ra, hujjat AQSh eksportiga qo'yilgan minglab soliqlarni bekor qiladi va Amerika mahsuloti uchun jahon bozorlarini ochib beradi.
Your browser doesn’t support HTML5