Tramp respublikachilar orasida birinchilikni boy bermayapti

  • Amerika Ovozi

Shu hafta Nevada shtatida ham eng ko'p ovoz to'plagan milliarder tadbirkor Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo'lishga juda yaqin turibdi. 

Amerikada prezidentlik uchun poygada respublikachi da'vogarlar orasida biznesmen Donald Tramp birinchilikni boy bermayapti.

1-mart kuni birvarakayiga 11 shtat nomzodlarni saralash uchun ovoz beradi. Tramp hozirgacha to'rt shtatdan uchtasida g'alaba qilgan.

Shu hafta Nevada shtatida ham eng ko'p ovoz to'plagan milliarder tadbirkor Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo'lishga juda yaqin turibdi.

Ikkinchi o'rinda ketayotgan senator Marko Rubioning ham tarafdorlari ko'p. U Trampga qarshi keskin hujumga o'tmoqda.

Senator Ted Kruzning esa injilchi nasroniylar orasida nufuzi baland. Nevadada uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Endi u ona shtati Texasga yo'l oladi. Texas - 1-mart kuni ovoz beradigan shtatlardan biri.

Demokratlardan Xillari Klinton Nevada shtatida senator Berni Sandersni mag'lub qilib, kelayotgan shanba Janubiy Karolinadagi saylov oldidan ustunlikni qo'lga kiritdi.