So'nggi ijtimoiy so'rov natijalarida ko'ra, Amerikada fuqarolar terrorizmdan tobora ko'proq hayiqmoqda.
Ayniqsa, oxirgi terror hujumlaridan keyin bu xavotir kuchaygan. Lekin ular xavfsizlikni deb o'z erkinliklaridan voz kechish masalasida ikkiga bo'lingan.
So'ralganlarning 54 foizi hukumat terrorizmga qarshi kurash yo'lida ayrim erkinliklarni cheklashi mumkin, degan fikrda. 45 foiz aholi bunga qarshi.
56 foizi fuqaroning aytishicha, ular hukumat internetdagi yozishma va muloqotni kuzatishi, hatto josuslik qilishiga qarshi emas.
Oxirgi yillarda Qo'shma Shtatlarda hukumat fuqarolarni zimdan kuzatgani haqidagi xabarlar katta shov-shuv va e'tirozlarga sabab bo'lgan edi.
Lekin so'rovga ko'ra, so'nggi oylarda jamoatchilik uchun xavfsizlikka tahdid ustuvor muammoga aylangan.
Ayniqsa, Fransiya poytaxti Parijda va Kaliforniyada ro'y bergan qonli terror hujumlaridan keyin bu kayfiyat kuchaygan.