AQShning Aholini ro’yxatga olish byurosi bergan ma’lumotga ko’ra, mamlakatda har yetti kishidan biri qashshoqlikda yashaydi. Kongress esa bu orada muhtojlarga oziq-ovqat yordamini qisqartirish va prezident taklif etgan tibbiy sug’urta dasturini bekor qilish harakatida.
Barbi Izkiyerdo farzandlairni bir o’zi voyaga yetkazmoqda. Umr bo’yi yo’qsillikda yashadim, deydi u.
"Bolalarimni och holatda uxlatish oson emas. Pulni tejashga harakat qilaman, ertangi kunimizga ham yetsin deb, shunga ular to’yib ovqatlanmaydi. Ular och yotmasin deb, ko’p hollarda o’zimning ulushimni ham ularga beraman", - deydi bu ayol.
Izkiyerdo kabi Amerikada 46 yarim million odam faqirlikda yashaydi. Bu har yetti kishidan biri degani. AQShda qashshoqlik darajasi to’rt kishidan iborat bir oilaning yiliga 23 yarim ming dollarga kun kechirishi bilan belgilanadi.
2012-yildagi ahvolni tasvirlagan bu raqamlar 2011-yildagi vaziyatdan farq qilmaydi. Mamlakat hali ham 2007-yil iqtisodiy tanazzulidan tiklanganicha yo’q.
Vashingtondagi KATO tahlil instituti xodimi Maykl Tanner hukumatni layoqatsizlikda ayblaydi.
"Har yili federal va shtatlar darajasida qashshoqlikka qarshi dasturlar uchun bir trillion dollarga yaqin pul sarflanadi, ammo haligacha bu siyosatning samarasini ko’rmadik, muhtojlar kamaygani yo’q. Bu ishni yaxshi bajarmayotganimizdan dalolat, demak, boshqa chora izlash zarur", - deydi Tanner.
Aholini ro’yxatga olish byurosi keltirgan raqamlarga ko’ra, 2012-yilda xonadonning o’rtacha daromadi mamlakat bo’ylab yiliga 51 ming dollardan bir oz ko’p bo’lgan.
Hisobotni tayyorlagan idora xodimi Deyvid Jonsonning aytishicha, 2007-yil inqirozidan so’ng o’rtacha daromad 8,3 foizga qisqardi.
Osiyolik-amerikaliklar boshqa etnik guruhlar orasida eng ko’p daromad ko’rgani aytiladi, yiliga o’rtacha 68 ming dollar. Latinolar va qora tanlilar hisobida esa shuning yarmi.
Barbi Izkiyerdoning aytishicha, hukumatning oziq-ovqat talonlari unga katta madad bo’ldi. Kongress esa kelasi 10 yilda bu dasturni 40 milliard dollarga kamaytirib, yordam olish shartlarini kuchaytirmoqchi.
Ochlikka qarshi kurashuvchi gumanitar tashkilot rahbari Bob Aykenning aytishicha, bu kelasi 10 yilda kambag’al oilalarga yiliga bir yarim milliard kam ovqat beriladi degani.
Kato instituti tahlilchisi Tannerning aytishicha, dastur yiriklashib bormoqda, bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
"2000-yilda 17 million odam oziq-ovqat talonlari olgan bo’lsa, keyingi 10 yilda ularning soni 48 millionga yetdi. Lekin baribir ocharchilikni kamaytira olganimiz yo’q", - deydi u.
Barbi Izkiyerdo bu fikrga qo’shilmaydi.
"Kuchli mamlakat sifatida namuna bo’lishni istasak, asoslarimizni, negizimizni kuchaytirishimiz kerak", - deydi u.
Agar bu yurt bolalari, uning bo’lajak rahbarlari och qolsa, bu maqsadga erisha olmaymiz, deydi Izkiyerdo.