AQSh Davlat departamenti, tashqi ishlar vazirligi, yaqinda yangi bir bo’lim ochdi – Diniy diplomatiya idorasi. Bu organ, deya izoh beradi rasmiylar, Amerika o’zga dinlarni tushunmaydi va e’tiborga olmaydi, degan tanqidga javob. Lekin bu idora faqat nasroniylar manfaatini olg’a suradi yoki siyosatga din aralashib, vaziyat murakkablashadi deya xavotir bildirayotganlar ko’p.
Devirini Angreyni Amerikaga safari ketidan ona vatani Indoneziyada dinlararo muloqot markazi ochdi.
“AQShdan uning tashqi siyosati sabab nafratlanar edim, lekin Nyu-Yorkka sayohat tasavvurimni tubdan o’zgartirdi”,- deydi Devirini.
“Ko’chalarda hijobli ayollar, ular qanchalar erkin ekani, bemalol e’tiqod qilib yurgani meni hayratga soldi. Masjidlarni aytmaysizmi, juda ko’p ekan. Men kashf qilgan Amerikada diniy erkinlik haqiqatan ham bor ekan”,- deydi juvon.
Davlat departamenti mana shunday yoshlar ko’payishini xohlaydi. Diniy bag’rikenglikni targ’ib qiluvchi maxsus idora ochishdan maqsad shu, deydi Davlat kotibi Jon Kerri.
“Diplomatlarimiz diniy yetakchilar va diniy tashkilotlar bilan faol ishlashi kerak”.
Bu idora rahbari etib teologiya professori Shon Keysi tayinlandi.
Faoliyatini boshlar ekan, Keysi mahalliy taqvodorlarni hamkorlikka undamoqda. Ular yordamida chet eldagi tashkilotlar bilan bog’lanmoqchi.
“Tinchlik-totuvlik, hamjihatlikni targ’ib qilayotgan kattayu-kichik diniy markazlar bilan aloqa o’rnatib, birgalikda harakat qilish kerak. Aks holda, tashabbusdan foyda yo’q”,- deydi Keysi.
Xillari Klinton Davlat departamentini boshqargan yillarda turli davlatlardagi ulamolar bilan muloqotni yo’lga qo’ydi. AQShdagi ko’plab tashkilotlar uchun chet elda imkoniyatlar yaratildi. Ularni quvvatlovchi idora kerak degan g’oya shunda tug’ildi.
Olima Melani Makalister fikricha bu juda nozik masala.
“Tashqi siyosatimizda muayyan guruhlarning ta’sir kuchi oshadi deb xavotirdaman. Diplomatiyani ular qo’liga topshirib qo’ymasligimiz lozim. Chunki dindorlar o’z bilganini qilib, asl maqsadlarimiz chetda qolib ketishi mumkin”,- deydi professor.
Vashington nazarida, Falastinning XAMAS guruhi - terrorist tashkilot. Ular esa islom nomidan harakat qilayotganini aytadi va G’azo sektorida hukmron.
“Bir tomondan dinlararo muloqot haqida gapirib, ikkinchi tomondan kimgadir qora tamg’a qo’yayapmiz”,- deydi Makalister.
Gap shundaki, qator guruhlar bilan muloqot man etiladi.
“Biz o’zimizga ma’qul tomonlar bilan gaplashamiz, to’g’rimi? Ular ham biz bilan hamkorlikni istashi kerak”,- deydi Diniy diplomatiya idorasi rahbari Keysi.
Diplomatlar oson narsaning o’zi yo’q deya, yangi idoraga katta umidlar bog’lagan. Iroq va Afg’onistonda qilingan xatolar diniy tushunmovchilik va uquvsizlikka borib taqaladi. Din va e’tiqod haqida qancha ko’p bilsak, shuncha yaxshi, deydi ular.
Your browser doesn’t support HTML5