Bugun AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Rossiyaning yetti fuqarosi va 17 kompaniyasi qora ro’yxatga tushdi. Bular gaz, neft, moliya, aviatsiya sohasidagi yirik firmalar hamda prezident Vladimir Putinning Qrim bo’yicha maxsus vakili, bosh vazir o’rinbosarlaridan biri, parlamentning tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi raisi va yana bir necha rasmiy va tadbirkor.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham Rossiyaga nisbatan e’lon qilingan jazo choralarini kengaytirishga kelishib oldi. Qo’shimcha 15 nafar rossiyalik bundan keyin qit’aga kira olmasligi mumkin.
Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkov meri Gennadiy Kernes velosipedda ketayotib otib ketilgan. Xabarlarga ko’ra, unga snayper o’qi tekkan. Hokimning ahvoli og’ir.
Kernes fevral oyida prezident Viktor Yanukovichning mamlakatni tark etib, hokimiyatdan ayrilishiga sabab bo’lgan poytaxt Kiyevdagi ommaviy namoyishlarga qarshi chiqqan. Shu bilan birga u Ukraina sharqining Rossiyaga qo’shilishini talab qilayotgan separatistlarni ham qo’llab-quvvatlamasligini bildirgan.
U hozir kasalxonada o’lim bilan olishmoqda.
Bugun sharqdagi Konstatinovka shahrida ham davlat idoralari qurollangan separatistlar qo’liga o’tgan. Militsiya ularga qarshilik ko’rsatmagan. Hozir 10 ga yaqin shahar ularning nazorati ostida.
Kecha Lugansk shahrida federalizatsiya tarafdorlari Lugansk Xalq Respublikasiga asos solinishi haqida ma’lum qildi.
Bu o’rtada Yevropa rasmiylari Slavyanskda separatistlar qo’lidagi yevropalik bir necha harbiy kuzatuvchini ozod etish bo’yicha muzokara olib bormoqda.
Ulardan biri kecha sog’lig’i tufayli qo’yib yuborilgan. Qolganlarini separatistlar Ukraina muvaqqat hukumati tomonidan hibsga olingan safdoshlariga ayirboshlamoqchi.