Sekvestratsiya, ya’ni AQSh davlat byudjetining qisqarishi natijasida hukumat sarfiyati kelasi 10 yilda 1,2 trillion dollarga kamayadi. Oy boshida kuchga kirgan bu qonun birinchi navbatda mudofaa sohasida ishlaydigan kompaniyalarga ta’sir qildi.
“Davis Interiors” - Virjiniya shtati, Norfolk shahrida joylashgan kichik kompaniya. Harbiy kemalar uchun jihozlar yasaydi. Kompaniya ma’muri Uitni Metzger sekvestr oqibatlari sezila boshlaganini aytadi.
“Ish kunlarini kamaytirishga majbur bo’ldik. Deyarli hamma xodimlarimiz haftasiga to’rt kun ishlayapti hozir, ba’zilar esa uch kun. Yaqin orada odamlarimizning bir qismini ishdan bo’shatishga majbur bo’lamiz”.
Yirik harbiy-dengiz bazasi joylashgan g’arbiy Virjiniyada xususiy kontraktorlar ko’p. Armiyaga turli xil xizmatlar ko’rsatishadi, buyurtmalarni bajarishadi. Bu firmalar 40 mingdan ziyod odamni ish bilan ta’minlaydi.
Mudofaa vazirligi Pentagon deyarli 90 ming xodimini to’lovsiz ta’tilga chiqarishni rejalamoqda. Mintaqa iqtisodi uchun bu katta zarba bo’ladi. Kemalarni ta’mirlash bo’yicha kontraktlar bekor qilinyapti, buyurtmalar kamayib ketgan.
Deyvid Uillyams “Davis Interiors” kompaniyasida 25 yildan buyon ishlaydi. Byudjet muammolari sabab so’nggi ikki yilda ikkinchi marotaba shunday holat bilan yuzlashib turibmiz, deydi u.
“O’tgan galgi krizisdan o’zimga kelganim yo’q hali. Ish soatlari qisqarib, maoshlar kamayib ketdi. Ijara, uy to’lovlaridan orqadaman”.
Uitni Metzger deydiki, xorijdagi urushlar tugatilib, askarlar vatanga qaytmoqda. Pentagon xarajatlari kamayishini odamlar yaxshi tushunadi. Lekin sekvestr oqibatlari bu qadar og’ir bo’lishini hech kim kutmagan.
“Ertaga nima bo’lishini bilmaymiz. Qo’limizdagi buyurtmalarni bajarib bo’lgandan keyin ishsiz qoladigan ko’rinamiz. Sekvestr kuchga kirganidan buyon biror firma yangi kontrakt olganicha yo’q”.
Sekvestr asoratlari birinchi navbatda mudofaa sohasida ko’zga tashlanyapti. Agar qisqartirishlar davom etsa, butun Vijiniya shtati iqtisodiy inqirozga yuz tutishi mumkin, deydi iqtisodchilar.
Your browser doesn’t support HTML5