Afg’onistonda 16 begunoh insonni o’ldirgan amerikalik askar, serjant Robert Beyls harbiy tribunal tomonidan umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi.
Sud muhokamasi ikki soat ham davom etmagan. 40 yoshli harbiy to’rtinchi bor Afg’onistonga safarbar etilib, Qandahor viloyatiga tinchlik saqlashga yuborilganida, tunda uylarga bostirib kirib, oddiy odamlarni qirgan. Jumladan, bir oilada 11 kishini, asosan ayol va bolalarni o’ldirgan.
Beyls jinoyatni bo’yniga olgani uchun o’lim jazosiga buyurilmadi.
Afg’oniston rahbari Hamid Karzay bu borada o’z fikrini bildirar ekan, qotilni o’ldirish bilan “begunoh insonlarni hayotga qaytara olmaymiz”, - dedi.
Amerika hukumati afg’on xalqi hayotini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratib bersin, deydi u. Shuning o’zi arzigulik xizmat bo’ladi, deydi Karzay.
Lekin Robert Beyls o’ldirilsin deya talab qilayotgan afg’onlar ko’p. Vashington shtatiga borib, sud muhokamasini kuzatgan to’qqiz afg’ondan biri Hoji Mulla Bo’ron Amerika hukumatining vijdoni bo’lsa, harbiyni o’ldirsin, deydi.
Sudda so’z berilganida, ayblanuvchi afg’onlardan kechirim so’ragan va qilmishini “qo’rqoqning ishi” deb atadi. Advokatlar Beylsni ruhan kasalmand inson deya himoya qildi.