AQShning NASA fazoviy tadqiqotlar agentligi Marsga raketa uchirgan. “Curiosity” deb nomlangan bu robotning avgust oyida "qizil sayyoraga" qo’nishi kutilmoqda. Marsda hayot bormi degan savolga javob topishga harakat qilayotgan amerikalik olimlar 2030-yilga borib odamni ham shu sayyoraga yubormoqchi. Biroq bu rejadan norozi tomonlar ko’p.
Bundan yarim asr avval Amerika Oyga odam uchirgan edi. Insoniyat koinotni kashf etishda davom etmoqda. Biroq NASAning sharafli o’tmishidan yaxshi xabardor, unda muhim rol o’ynaganlar ham Marsga odam uchirish rejasini tanqid qilmoqda. Ulardan biri - Jonson fazo markazi sobiq direktori Kris Kraft:
“Bu maqsad kulgili. Unga erishib bo’lmaydi”.
Kraft deydiki, bunday buyuk maqsadga erishish mashaqqatli mehnat talab qiladi. Mukammal reja tuzish, har bir qadamni hisoblab chiqish kerak.
“Oyga qaytishni puxta o’rganganmiz, uddasidan chiqqanmiz. Bunday dasturni amalga oshirishni yaxshi bilamiz. Bunday imkon bor”.
NASAning “Yulduzlar turkumi” dasturi bunday ishlarni ko’zda tutgan. Biroq prezident Barak Obama uni 2010-yilda to’xtatishga qaror qilgan. Ko’plab olimlar prezidentni quvvatlagan.
Nyu-Yorkdagi Xeyden planetariyi rahbari Nil Degrass Tayson fikricha, programma to’xtatilgani katta xato bo’ldi.
“Oyda bo’lganmiz, u yerda nima qilamiz, deydiganlar bor. Bir tarafdan, bu gapda jon bor. Lekin aslida oyda 40 yildan beri bo’lmaganimiz”.
Tayson fikricha, Marsga oid reja juda mujmal.
“Real dunyodagi o’rnimizni yo’qotmasligimiz kerak. Qog’ozda hammasi chiroyli tuyuladi. Biroq amalda nima qilish kerakligini yaxshi tushunmayapmiz”.
Texasdagi Rays Universiteti qoshida Fazo instituti direktori Deyvid Aleksandr NASAni qiyin ahvolga solib qo’yganlar - siyosatchilar, deydi. Mablag’ yo’q.
“Ko’pchilik aniq reja yo’q, u yo’q, bu yo’q, deb NASAni tanqid qiladi. Aslida esa agentlikning turli reja va dasturlari bor, ular Kongress ko’rsatmalariga asoslangan va ajratilgan mablag’ni inobatga olib, ishlab chiqilgan”.
NASA rahbarlaridan Lori Garver qonunchilar orasida fazoviy tadqiqotlarni davom ettirish tarafdorlari ko’p, deydi.
“Biz Oq Uy va Kongress a’zolari bilan doimiy aloqadamiz. Ular NASA byudjeti barqaror bo’lsin deydi”.
Garver deydiki, Kongress odamni Marsga uchirish uchun zarur bo’lgan barcha texnologiya uchun mablag’ ajratishga tayyor. Maqsadga erishishdan NASA ham, Kongress ham manfaatdor.
Biroq masalaning yana bir tarafi bor. AQSh Kongressi jiddiy kamomad muammosiga yuz tutgan, mamlakat qiyin iqtisodiy ahvolda bo’lgan bir paytda bir necha yildan so’ng o’zga sayyoraga odam uchirish rejasi dolzarb ko’rinmasligi mumkin.
Bundan yarim asr avval Amerika Oyga odam uchirgan edi. Insoniyat koinotni kashf etishda davom etmoqda. Biroq NASAning sharafli o’tmishidan yaxshi xabardor, unda muhim rol o’ynaganlar ham Marsga odam uchirish rejasini tanqid qilmoqda. Ulardan biri - Jonson fazo markazi sobiq direktori Kris Kraft:
“Bu maqsad kulgili. Unga erishib bo’lmaydi”.
“Oyga qaytishni puxta o’rganganmiz, uddasidan chiqqanmiz. Bunday dasturni amalga oshirishni yaxshi bilamiz. Bunday imkon bor”.
NASAning “Yulduzlar turkumi” dasturi bunday ishlarni ko’zda tutgan. Biroq prezident Barak Obama uni 2010-yilda to’xtatishga qaror qilgan. Ko’plab olimlar prezidentni quvvatlagan.
Nyu-Yorkdagi Xeyden planetariyi rahbari Nil Degrass Tayson fikricha, programma to’xtatilgani katta xato bo’ldi.
“Oyda bo’lganmiz, u yerda nima qilamiz, deydiganlar bor. Bir tarafdan, bu gapda jon bor. Lekin aslida oyda 40 yildan beri bo’lmaganimiz”.
Tayson fikricha, Marsga oid reja juda mujmal.
“Real dunyodagi o’rnimizni yo’qotmasligimiz kerak. Qog’ozda hammasi chiroyli tuyuladi. Biroq amalda nima qilish kerakligini yaxshi tushunmayapmiz”.
“Ko’pchilik aniq reja yo’q, u yo’q, bu yo’q, deb NASAni tanqid qiladi. Aslida esa agentlikning turli reja va dasturlari bor, ular Kongress ko’rsatmalariga asoslangan va ajratilgan mablag’ni inobatga olib, ishlab chiqilgan”.
NASA rahbarlaridan Lori Garver qonunchilar orasida fazoviy tadqiqotlarni davom ettirish tarafdorlari ko’p, deydi.
“Biz Oq Uy va Kongress a’zolari bilan doimiy aloqadamiz. Ular NASA byudjeti barqaror bo’lsin deydi”.
Garver deydiki, Kongress odamni Marsga uchirish uchun zarur bo’lgan barcha texnologiya uchun mablag’ ajratishga tayyor. Maqsadga erishishdan NASA ham, Kongress ham manfaatdor.
Biroq masalaning yana bir tarafi bor. AQSh Kongressi jiddiy kamomad muammosiga yuz tutgan, mamlakat qiyin iqtisodiy ahvolda bo’lgan bir paytda bir necha yildan so’ng o’zga sayyoraga odam uchirish rejasi dolzarb ko’rinmasligi mumkin.
Your browser doesn’t support HTML5