Kuz boshlanar ekan, ko’pgina amerikaliklar ob-havoni yaqindan kuzata boshlaydi. Talofatli to’fon yoki dovullar kutilayotgani haqida oldindan xabar topish katta ahamiyatga ega. Merilenddagi Okean va atmosferani kuzatish milliy markazi yangi superkompyuterlar sharofati bilan ob-havoni olti kun oldin bashorat qila oladi.
O’tgan yilgi “Sendi” dovuli AQShning sharqiy sohiliga jiddiy zarar yetkazgan edi. Mamlakat tarixida talofat ko’lami bo’yicha ikkinchi eng yirik bu ofat 285 odamni hayotdan olib ketgan. O’shanda ko’plar meteorologlarni dovul yo’nalishini to’g’ri aytib bermaganlikda tanqid qilgan edi.
Ammo ob-havoni bashorat qilish nihoyatda murakkab ish, deydi Merilenddagi Okean va atmosferani kuzatish markazi vakili Ben Kayger.
“Atmosferada yirik oqimlar bor, ayni vaqtda kichik oqimlar ham bo’ladi. Ular bir-biriga ta’sir qiladi. Bunday jarayonlar hech to’xtamaydi, butun kun davom etadi. Ularga fazodan sun’iy yo’ldosh orqali qarasangiz, atmosfera doimiy harakatda ekanini ko’rasiz”, - deydi u.
Ob-havoni belgilovchi yana bir omil – okeanlar. Ular ham atmosferaga, to’fon va dovullarning shakllanishiga ta’sir qiladi.
Ob-havo prognozini yaxshilash maqsadida markaz 20 million dollarga ikkita eng zamonaviy kompyuter sotib oldi. Ular yordamida 25-iyuldan buyon turli xil modellar tuzilyapti.
Suhbatdoshga ko’ra, ushbu kompyuterlar butun ob-havoni kuzatish faoliyatini belgilaydigan birlamchi modelni ishlab chiqadi. Shu jumladan, to’fon va dovullar, quyun va bo’ronlar haqida ma’lumot to’playdi, har kungi manzarani kuzatadi. O’zgarishlarni oldindan aytib berishda endi shu kompyuterlarga tayanamiz, deydi olim.
Sun’iy yo’ldosh va meteorologik stansiyalardan olinadigan ma’lumotni tahlil qilish uchun bu texnika yetarli quvvatga ega. Harorat, bosim, namlik darajasi va shamol tezligini tezda o’lchab beradi. Ammo inson ishtiroki, tafakkuri va tajribasi ham bebaho.
Tabiatni o’rganish va bashorat qilish milliy markazi meteorologlari superkompyuterlardagi ma’lumotni yana bir ko’rib chiqadi.
“Ular turli modellarga asoslanib, baholab, kelasi besh kunda ob-havo qanday o’zgarishini aytib beradi. Nafaqat ilmiy ma’lumotga, balki o’zining ko’p yillik tajribasi va bilimiga ham tayanadi. Qaysi model kuchli, qaysi biri zaif ekanini bilgani uchun aniqroq xulosa chiqarish mumkin”, - deydi Ben Kayger.
Markaz yilning har kuni, har olti soatda butun dunyodagi ob-havo bo’yicha axborot tarqatadi. O’z meteorologiya tizimiga ega bo’lmagan mamlakatlar bu ma’lumotdan bemalol, pul to’lamay foydalanishi mumkin. 2015-yilda esa markaz kompyuterlarini yana yangilash niyatida.
Your browser doesn’t support HTML5