Qo’shma Shtatlar Suriyadagi uch yillik fuqarolik urushiga muloqot orqali barham berish uchun barcha vositalarni ishga solmoqda. Bugun Jenevada hukumat va muxolifat o’rtasida muzokaralarning ikkinchi davrasi boshlanadi.
Muxbirimiz Jeff Seldinning xabar berishicha, g’animlar kelishib olishiga ishonch past.
Suriya havo kuchlari shaharlarga bomba yog’dirib, Damashq tevaragi, Hims va Halabdan isyonchilarni siqib chiqarmoqda. BMT vositachiligida uch kunlik sulhga kelishilgan bo’lsa-da, gumanitar ishchilar o’qqa tutilyapti.
Urush alanga olgan sari Jeneva muzokaralariga homiylik qilayotgan AQSh va Rossiyaga ham bosim oshmoqda.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerriga ko’ra, bu mojaro jang maydonida emas balki siyosiy kelishuv orqaligina hal bo’ladi.
So’nggi haftalarda shunisi ayonki, Qo’shma Shtatlar uzluksik bo’lib ko’rinayotgan bu urushga boshqacha ko’z bilan qaray boshlagan.
Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan yaqinda Kongress oldida hisobot berganida Suriya urushi nima uchun AQSh xavfsizligiga tahdid deb ko’rilayotganini tushuntirdi.
“Vashingtonni ikki narsa tashvishga solmoqda. Birinchisi, mojaro qo’shni mamlakatlarga tarqalayotgani. Ikkinchisi, Suriya terrorchilarni o’ziga jalb etayotgani”, - deydi u.
AQSh razvedka idoralari boshlig’i Jeyms Klepper ma’lumotiga ko’ra, 50 davlatdan taxminan 7,5 ming jangari hozir Suriyada jang qilmoqda. Ular orasida al-Qoida a’zolari ham bor.
O’tgan hafta Myunxenda o’tgan xalqaro anjumanda davlat kotibi Jon Kerri aksil-terror siyosati haqida gapirayotib Suriyani tilga oldi.
“Suriyaga e’tibor oshayotgani bejiz emas, chunki u yer ekstremistlarni o’ziga tortayapti”, - deydi bosh diplomat.
Obama ma’muriyatini mavhumlik va jur’atsizlikda ayblab kelayotgan tandiqchilar yuqoridagi bayonotlarni ijobiy baholaydi. Suriya rejimini Eron kabi davlatlar qo’sh-qo’llab kelayapti, deydi ular.
Siyosiy tahlilchi Maykl Doranning aytishicha, Vashington effektiv kontr-terrorizm strategiyasiga emas, Eronni qanday jilovlashni ham bilmaydi.
“Suriya masalasida ko’plab davlatlar yo u yoqli, yo bu yoqli. AQShning Suriyadagi jarayonlarga nisbatan aniq pozitsiyasi bo’lmasa, demak Yaqin Sharqqa nisbatan strategiyasi ham yo’q hisob”, - deya sharhlaydi Doran.
Hozircha Obama ma’muriyati Jenevadagi muzokaralar qanday natija berishini kutayapti. Ammo, deya qo’shadi rasmiylar, muammoni hal etish uchun hech bir choradan voz kechilmaydi.
Your browser doesn’t support HTML5