Amerika hukumati shu yilning 25-aprelida maxsus bayonot chiqarib, o'z fuqarolarini O'zbekistonga safar qilish xavfli deya ogohlantirgan edi.
Bugundan binoan bu ogohlantirish bekor qilingan.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi va Davlat departamentining tegishli idoralari nazarida ayni damda O'zbekistonda tahdid darajasi u qadar yuqori emas.
Bu bilan rasmiylar mamlakat har qanday xavfdan xoli demoqchi emas. O'zbekistonda yashayotgan yoki u yerga safar qilayotgan fuqarolar elchixonada ro'yxatdan o'tishi tavsiya qilinadi.
Amerika hukumati har bir davlatdagi vaziyat yuzasidan shunday bayonotlar berib turadi.