Vashington sudi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'anning AQShga safari chog'ida ro'y bergan to'qnashuv yuzasidan 19 kishi, jumladan uning soqchilariga nisbatan ayblov e'lon qildi.
May oyida Turkiya elchisining rezidensiyasi oldida Erdog'an tarafdorlari va tanqidchilari to'qnashgan edi. Sudlanuvchilar tinch namoyishchilarga hujum qilganlikda, ayrimlari hatto qurol ishlatganlikda ayblanmoqda.
Erdog'anning Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan birinchi uchrashuvi ketidan ro'y bergan bu voqea AQSh va Turkiya munosabatlarini chigallashtirdi.
"Amerika Ovozi"ning Turk xizmati suratga tushirgan videoda turk xavfsizlik xizmati xodimlari namoyishchilarni kaltaklaganini ko'rish mumkin:
Turkiya elchixonasiga ko'ra, Erdog'anning soqchilari o'zini himoya qilgan xolos. Turk diplomatlar elchi rezidensiyasi oldida namoyish qilganlarni Kurdiston Ishchilar Partiyasi a'zolari, deya da'vo qiladi, ammo bunga isbot-dalil yo'q. Bu guruhni Turkiya, AQSh va Yevropada terrorchi tashkilot deb biladi.