AQSh rasmiysi Rossiya bilan Ukraina masalasini muhokama qiladi

  • Amerika Ovozi

Donass, Ukraina

Ukraina bo'yicha AQSh maxsus vakili Kurt Volkerning aytishicha, 26-yanvar kuni Dubayda Rossiya prezidenti yordamchisi Vladislav Surkov bilan navbatdagi muzokaralar bo'lib o'tadi.

Bundan avval u sharqiy Ukrainaga va Kiyevga borib, vaziyatni o'rganadi; so'ng mintaqada tinchlik o'rnatish masalasini muhokama qilish uchun Dubayga jo'nab ketadi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkin Ukraina masalasida AQSh-Rossiya muloqotidan xabardor ekanini va uning natijasi qanday bo'lishini qiziqish bilan kutayotganini ma'lum qildi.

Uning aytishicha, Kiyev AQSh sanksiyalari yordamida davomiy tinchlik rejasini ishlab chiqish yo'llarini ko'rib chiqishga tayyor.

Volker Surkov bilan so'nggi bor o'tgan yili noyabr oyida Belgradda uchrashgan edi. U o'shanda muzokaralar natijasini "oqaga qadam" deb atagan.

"Xush qabul qilinadigan va ijobiy muloqot bo'ldi, lekin bir qadam ortga qaytish ham bo'ldi", - degan edi u.

AQSh Donbassga BMTning tinchlikparvar kuchlari kiritilishi kerakligi haqidagi rejani olg'a surmoqda. Rossiya esa bu taklifga qarshi.