Amerikaning ayrim shaharlarida favqulodda holat

  • Amerika Ovozi
Amerikada joriy yilning ilk kuchli bo'roni shimoli-sharqiy shtatlarni yaxmalak qilib qo'ydi.

Hududda qattiq qor yog'ib, kuchli shamol va nihoyatda sovuq haroratdan ko'chaga chiqib bo'lmay qoldi.

Kecha va bugun minglab havo reyslari bekor qilindi. Nyu-York va Nyu-jersi gubernatorlari favqulodda holat e'lon qilgan.

Ayniqsa, Bostonni qalin qor qoplagan.

Harorat minus 20 daraja Selsiydan pastlashi kutilmoqda. Meteorologlar aholini ehtiyot bo'lishga chaqiradi.

Bo'ron Nyu-Yorkning endi ishga kirishgan yangi meri Bill de Blazio uchun haqiqiy sinov bo'ldi.

Hokim yuzlab odamlarni yordamga safarbar etib, shaharni qoplagan yaxni tuz bilan eritayapti.

Amerikada qattiq qor yog'di