Din

Amerikalik xudojo'ylar kelajak uchun ibodat qilmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh bo'ylab ko'plab cherkov, sinagoga va masjidlarda odamlar yig'ilib, mamlakat kelajagi uchun ibodat qildi. O'tgan hafta bo'lib o'tgan saylovlarda ko'pchilik kutmagan nomzodning g'alaba qozonishi ortidan dindorlar xalqni birdamlikka undamoqda.

Mamlakat bo'ylab va Nyu-Yorkda din ahli kelajakdan umidini uzgani yo'q.

"Agar qo'rquvga imkon bersangiz, u sizni yengadi", - deydi bir ruhoniy.

Ayrimlar taskin izlasa, boshqalar umidni uzmaslikka chaqirmoqda.

Ko'pchilik yangi voqelikka ko'nikishga majbur.

"Sekin-asta qabul qilyapmiz", - deydi bir fuqaro.

Nyu-Yorkdagi cherkov ahli zo'ravonlik yuz berishidan xavotirda.

"Namoyishlarni tushunmayapman, qo'llab-quvvatlashimiz kerak", - deydi Baynder.

Yahudiy ruhoniy ham birdamlikka undaydi.

"Xudo demokratmi yoki respublikachimi? Ikkalasi ham", - deydi Yoxanan Ivri.

Kichik shaharlar ahli dindan taskin izlamoqda.

Xususan, Jorjiyadagi injilchilar.

"Xudo Obamaning prezident bo'lishini xohlamaganda, u bo'lmagan bo'lardi. Trampning prezident bo'lishini istamaganda, u ham yuta olmagan bo'lardi", - deydi ruhoniy Benni Teyt.

"Donald Tramp axloqan yaxshiroq nomzod. O'tmishi qoraroq, lekin bunaqasi hammada bor", - deydi yana bir dindor Kris Garsiya.

Masjidlarda odamlar duo qilmoqda.

"Prezident bizni himoya qilishini Allohdan so'rab qolamiz", - deydi bangladeshlik musulmonlardan biri.

Saylovni deb mamlakat turli qutblarga bo'lindi.

"Bugun hamma xavotirda", - deydi Anna Meyer ismli ayol.

"U prezident, lekin bizning xo'jayinimiz emas. Egamiz Alloh", - deydi imom Ibrohim Yao.

"Xudo bizga nimadir o'rganishimiz uchun sinov yubordi. Xudo nimani xohlayapti? O'zimizdan shuni so'rashimiz kerak", - deydi yana bir fuqaro.