Breaking News

Konservativ nasroniylar Donald Trampni yoqlamoqda


Injilchi nasroniylar Tramp tarafida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Ommaviy so'rovlarning ko'rsatishicha, Amerikaning injilchi nasorolari, ayollarga nisbatan axloqsizligi haqida ayblovlar ko'payganiga qaramay, respublikachilar nomzodi Donald Trampga ovoz bermoqchi. O'ng qanot nasroniylar sifatida tanilgan guruhlar yetakchilari partiya saylovlarida Trampni tanqid qilgan edi, ammo hozirga kelib ular respublikachi nomzod tarafiga o'tgan.

Ko'plab konservativ nasroniylar Donald Trampni yoqlashdan tiyilayotgan edi, ammo hozir vaziyat o'zgargan.

Bir qator ayollar Trampni shilqimlikda ayblashiga qaramay, so'rovlarga ko'ra, taqvodor xristianlarning 65 foizi milliarder nomzod tarafida.

"Men uni oqlayotganim yo'q. Lekin boshqa ko'plab erkaklar bundan battarini qilib yotibdi-ku", - deydi ulardan biri.

"U ba'zan ortiqcha gapirib qo'yadi, lekin uning menga mos maqsadlari bor", - deydi yana bir Tramp tarafdori.

Ko'pchilik bir masalada yakdil.

"Abortni taqiqlash mavzusida menga eng muhim narsani aytgan Tramp bo'ladi", - deydi Rendi ismli saylovchi.

Ayni paytda ko'plab ayollar Tramp so'zlaridan ozorlangani bois Hillari Klintonga ovoz bermoqchi.

"Aytayotgan gaplariga ishonish qiyin. U ayollarni hurmat qilmaydi", - deydi Klaudiya.

Rays universitetida o'tgan forumda tadqiqotchilar din va siyosatning o'zaro aloqasini muhokama qildi.

Professor Dayan Uinstonga ko'ra, nasroniylar Trampning xatolariga ko'z yummoqda.

"Tramp ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini qoniqtiradi. Axloqsiz bo'lishi mumkin, ammo axloqiy dasturga ega", - deydi u.

Lekin irqlar orasida tafovut bor.

"Aksariyat so'rovlarga ko'ra, oq tanli injilchilarning 60-70 foizi Tramp tarafdori. Oq bo'lmaganlarning ko'pi esa Klintonga ovoz bermoqchi", - deydi Uinston.

Brukings instituti tadqiqoti oq tanli nasroniylarning axloqiy masalalarga ko'p e'tibor qaratmayotganini ko'rsatgan.

2011-yil ularning 30 foizi shaxsiy axloqning davlat idorasida ishlash etikasiga aloqasi yo'q deb aytgan bo'lsa, so'nggi so'rovda bunday fikrdagilar soni 72 foizga yetgan.

Diniy yetakchilar ham ijtimoy-iqtisodiy o'zgarishlarga moslashib borayotgan aholi ortidan ergashmoqda.

Tahlilchi Petton Dod fikricha, Trampning mashhurligi ham dindorlar ko'ngliga yo'l topishda qo'l kelmoqda.

"Ular ruhoniylar aytgan gaplarga shunchaki ergashib ketmaydi. Ular ham barcha qatori pop madaniyatdan ta'sirlanadi", - deydi u.

Bunday fuqarolarning saylovga ta'siri qanchalik bo'lishi hozircha noma'lum. Bu haqda saylov natijalari chiqqach fikr yuritish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG