AQShda internet rivojlangan sari ko’pgina gazetalar qiyin ahvolga tushib qoldi. Ammo Virjiniyaning Arlington shahrida bir gazeta gullab-yashnamoqda. Uni 4-5 sinf o’quvchilari chiqaradi. Bu o’smirlar maqola yozib, intervyu olib, jurnalist bo’lishni o’rganmoqda.
Jillian Uilyamsning bugungi darsi “Arsloncha” gazetasiga bag’ishlangan.
Har bir o’quvchiga gazetaning yangi soni uchun topshiriq berilgan. Gazeta nomi maktab timsoli - arslon bolasi bilan bog’liq.
“Gazetadagi barcha maqolalar maktab haqida. Sportga bag’ishlangan materiallar bor. Masalan, o’quvchilarimiz qanday musobaqada qatnashgan bo’lsa, hammasi haqida yozganmiz. Ekskursiyalar haqida ham, yangi kitoblar haqida ham ma’lumot bor. O’quvchilarga tavsiyalar ham berilgan,” - deydi Uilyams.
Semira ismli qiz maktabga kelgan yangi o’qituvchi bilan suhbatlashdi.
“Avval savollarni yozib chiqdim, keyin muallimaga berdim. Ular bizga javoblarni yozib berganida, yozib, chop etamiz. Maqola katta bo’lishi shart emas,” - deydi qiz.
Nikolas gazetaning oxirgi soni uchun sport haqida maqola tayyorlagan edi. Endi esa matematika o’yinlariga bag’ishlangan material ustida ishlayapti.
“Birinchi sinf uchun qo’shuvdan misollar, ikkinchi va uchinchi sinf uchun esa ko’paytirishdan. 4-5 – sinf o’quvchilariga bo’lishni bilish muhim,” - tushuntiradi u.
Bler ismli qiz “Arsloncha” uchun maqola yozishni haqiqiy ijod, deb ataydi.
“O’z fikrlarimni erkin ifoda etaman, hissiyotlarim haqida yozaman. Buning uchun ko’proq gazeta o’qishga o’rgandim, chunki ilgari gazetalarni faqat qariyalar o’qiydi, deb o’ylardim,” - deydi Bler.
Maktab o’quvchilari televizion shou ham tayyorlay boshladi. Haftalik dastur orqali ular yangi bilim orttiradi, deydi Uilyams. Oylik nashrdan tashqari bu programma ham bolalar uchun o’ziga xos sinov va tajriba, deydi u.
Maqola yozish yordamida bolalar reja tuzish, fikrlarini turli yo’llar bilan aniq ifoda etish, qachon qanday savol berishni va maqsad nima ekanini o’rganadi.
“Nima qilishim kerak? Intervyu olishim kerakmi? Savollar tuzib chiqish zarurmi? Ma’lumot qidirish-chi? O’qituvchi yoki boshqa o’quvchi bilan maslahatlashsammikan degan savol beradi ular o’ziga,” - deydi Uilyams.
Maqolasi chop etilganini ko’rganida faxrlanadi.
“Oqibatda ular haqiqiy g’urur sezadi, shunday muhim ishni bajara olganidan xursand bo’ladi,” - deydi muallima.
Jurnalist bo’lish haqida tasavvur hosil qiladi ham.
“Yozish ish emas, sevimli mashg’ulotim,” - deydi Bler.
Jillian Uilyams va hamkasblari “Arsloncha” gazetasini chiqarishda davom etmoqchi. Har bir soni uchun ko’proq material yig’ilar ekan, ishga ko’proq o’quvchini jalb etish niyatida. Ota-onalar ham miriqib o’qisin, deydi muallimlar.

Your browser doesn’t support HTML5