AQSh Davlat departamenti Qirg’izistonda yangi koalitsion hukumat tuzilgani va bosh vazir tayinlangani bilan rahbariyatni qutlab, bayonot chiqargan. Unda aytilishicha, bu hol respublikada demokratik institutlarning kuchidan dalolatdir.
“AQSh-Qirg’iziston munosabatlarini yanada kuchaytirishda yangi hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati va inson huquqlariga hurmatga asoslangan, mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar ishtirokini ta’minlagan demokratiyaga qaratilgan barcha harakatlarni qo’llab-quvvatlaymiz” deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.
Qirg’iziston parlamenti yangi hukumat tarkibini bugun tasdiqlagan. Aksariyat vazirlar lavozimlarini saqlab qolgan. Jantoro Sotiboldiyev bosh vazir lavozimida ishlaydi.
Sotiboldiyev sotsial-demokrat. Prezident Almazbek Atambayev ma'muriyatining rahbari bo'lib ishlagan.