31-oktabr kuni Nyu-York shahrida ro'y bergan xuruj nafaqat Amerika xalqini, balki bu yerda yashayotgan o'zbekistonliklar jamiyatini larzaga soldi. Chunki 8 kishining hayotiga zomin bo'lgan voqeani sodir etganlikda o'zbekistonlik 29 yashar Sayfullo Soipov ayblanmoqda.
Qo'shma Shtatlarda yashayotgan o'zbekistonliklar voqeadan qattiq iztirobda. Ular bundan so'ng muhojirlarga qarshi, xususan, o'zbekistonliklarga qarshi tazyiq va tahdidlar kuchayishidan xavotirda.
Vatandoshlar bu voqea haqida qanday fikrda? Xuruj o'zbek diasporasidagi qanday muammolarni fosh etdi? Bu muammolarning oldini olish uchun nimalar qilish kerak?
"Vashington choyxonasi" dasturi ijodiy guruhi Nyu-York shahriga borib, o'zbekistonliklar jamiyati faollari bilan shu savollar atrofida suhbat qurdi.
Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5