O’zbekistonda so’nggi payt huquq himoyachilarini ta’qib qilish hollari yana avj olmoqda. Qashqadaryoda norozilik piketi o’tkazgan faollar kaltaklangan, katta miqdorda jarimaga tortilgan.
Qoraqalpog'istonda esa huquq himoyachilaridan yana biri hibsga olingan. Buxoroda huquq himoyachisi Bobomurod Razzoqov uzoq davom etgan bosimlardan so’ng sudga tortilishi mumkin.
Buxoro viloyatidagi sanoqli faollaridan biri bo’lgan Bobomurod Razzoqovni odam savdosida ayblovchi jinoiy ish Gulshan Karimova ismli ayol arizasi asosida qo’zg’atilgan. Tergov surishtiruv jarayonini yaqindan kuzatib borayotgan “Ezgulik” jamiyatiga ko’ra, huquq faoli o’z kasbiy faoliyati uchun tazyiqqa olinmoqda.
Bobomurod Razzoqovning o’g’li Shuhrat Razzoqovning bildirishicha, otasi ayni paytda hibsxonada qolmoqda. U advokat bilan ta’minlangan, ishning sudga oshirilishi ehtimoli yaqin.
“Hozir qishloq fuqarolik yig’inidan, yashash joyidan ma’lumotlar to’plab kiritib berdim. Tergovga chaqirishgan. Bular shoshilib turishibdi, bugun-erta ishni yopib, sudga oshirmoqchi. Arizachi bilan gaplashdim, aftidan hammasi uyushtirilgan. 30 yildan buyon inson huquqlari himoyasida ishlab, jabrlangan xalqqa yordam qilib kelgan holda, bugunga kelib odam savdosida ayblashlariga hech aqlim yetmay turibdi ”, - deydi Shuhrat Razzoqov.
“Ezgulik” ma’lumotiga ko’ra, bu jamiyat faoli Bobomurod Razzoqovga nisbatan bir necha oy muqaddam boshlangan bosimlar ayni paytga kelib jinoiy ish ko’rinishini oldi. U inson huquqlari himoyasidagi faoliyati va siyosiy qarashlari uchun jazolanmoqda.
Shuhrat Razzoqovning aytishicha, otasi mazkur jinoiy ish ochilgunga qadar ham bir necha bor Ichki ishlar boshqarmasiga olib ketilgan va so’roqqa tutilgan.
“May-iyun oylarida viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga 4-5 marta chaqirilgan. Inson huquqlari jamiyatidan chiqish, bu ishdan voz kechish, “Ozodlik” kabi radiolar bilan aloqa qilmaslik taklif qilingan. Dadam mayli deb rozi bo’lib chiqqan, lekin keyinchalik yana ishini davom ettiravergan. Shundan keyin bular boshqacha yo’l qidirishgan”, - deydi o’g’li.
Faollarga ko’ra, so’nggi paytda huquq himoyachilarini turli jinoyatlarda ayblab tazyiq ko’rsatish amaliyoti yana kuchaygan.
Bir oy muqaddam, qamoqdagi jurnalist Solijon Abdurahmonovni ozod etish talabi bilan prezident devonini piket qilishda qatnashgan huquq himoyachisi Ergashboy Rahimov tuhmatda ayblanib, hibsga olingan edi.
Qashqadaryoda muxolifatdagi “Birdamlik” harakati faollari o’tkazgan norozilik aksiyasi ham keskin bosimga uchradi. Piket ishtirokchilari noma’lum ayollar tomonidan kaltaklandi, keyinchalik esa katta miqdordagi jarimaga tortildi.
O’zbekiston inson huquqlari va siyosiy erkinliklar cheklangan, huquq himoyachilari va muxolifatning har qanday harakati keskin ta’qib qilinadigan mamlakat sifatida qolmoqda.
“Ozodlik Uyi” (Freedom House) huquq tashkiloti hisobotida O’zbekiston fuqarolik va siyosiy erkinliklar keskin cheklangan 17 davlatdan biri sifatida qayd etiladi.
Mulohazalarga ko’ra, mamlakatdagi fuqarolik harakati muttasil tazyiqlar bois allaqachon yo’qqa chiqarilgan.
Biroq so’nggi paytda dunyo miqyosida fuqarolik harakatining kuchayishi, ayniqsa arab dunyosida kechayotgan davomli inqiloblar O’zbekiston hukumatidagi xavotirlarni bir qadar kuchaytirgan.
Your browser doesn’t support HTML5