Yaqinda Qirg’izistonning Botken viloyati va O’zbekistonning Farg’ona viloyati chegarasida yirik paxta urug’i partiyasi musodara qilingan.
Urug’ O’zbekistondan Qirg’izistonga noqonuniy yo’l bilan olib kelinayotgan bo’lgan. Bu haqda qirg’izistonlik tijoratchilar ma’lum qilgan.
Avvalroq Qirg’izistonning O’sh viloyati hamda O’zbekistonning Andijon viloyati chegarasida bir guruh Xitoy mevasini olib o’tuvchilar ushlangan edi.
Mahalliy tijoratchi Matlyuba opa uzoq vaqt pinhona yo’llar orqali chegara bo’yida savdo yuritib kelgan. U hozirda ushbu amaliyotdan chetlagan.
“Chegarada savdo-sotiq bilan shug’ullanardim. To’xtatib qo’ydim. Sababi oxirgi paytlarda qiynalib ketdim, bojgirlar yukimni o’tkazmay qo’ygan, yukim ushlangan kunlar ham bo’ldi. Uni ustiga yo’l kiralar oshib ketdi. Ayrim vaqtlarda mollar aylanma yo’llar bilan o’tayapti. Ammo ushlanib qolsangiz, tovaringiz musodara bo’ladi. Bu ish juda xatarli. Har doim molingiz ushlanaversa, kim bu bilan shug’ullanadi”, - deydi u.
Dala ishlari boshlanishi bilan arzon, kontrabanda mahsulotlariga ehtiyoj kuchaygan. Aytaylik, O’zbekistondan yashirin holda keltirilayotgan oliy nav paxta urug’i kilosi – 60-65 so’mdan sotilsa, paxta yog’i xomashyosi – 20-25 so’mdan taklif qilinmoqda.
Mahalliy mutaxassislarning aytishicha, qirg’iz hukumati bahorgi dala ishlari uchun dehqonlarga ma’lum darajada yordam berishga harakat qilmoqda. Ayni paytda chegara bo’yi tumanlarida urug’ va mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojning asosiy qismi kontrabanda hisobiga qoniqtiriladi.
Iqtisodchilarga ko’ra, chegara bo’yi aholisining ma’lum qismi uchun kontrabanda amaliyoti xatarli, ammo daromadli biznes bo’lib qolgan.
Qo’shni O’zbekistondan aylanma yo’llar bilan ayrim oziq-ovqat mahsulotlari, masalan arzon guruch, meva-cheva, shirinliklar olib kelinadi. U tomonga esa Xitoy tovarlari, mol-hol o’tkaziladi.
So’nggi yillarda qo’shni o’lka chegarani qo’riqlash tartibini kuchaytirgan. Noqonuniy mol o’tkazuvchilarni qo’lga olish hollari ko’paygan.
Bu esa kontrabanda ko’lamining ma’lum darajada ozayishiga olib kelgan, deydi qirg’izistonlik mutaxassislar. Ayni paytda ular ushbu ko’rinishga barham berish imkoni yo’qligini ta’kidlaydi.
Yaqinda Qirg’izistonning Botken viloyati va O’zbekistonning Farg’ona viloyati chegarasida yirik paxta urug’i partiyasi musodara qilingan. Urug’ O’zbekistondan Qirg’izistonga noqonuniy yo’l bilan olib kelinayotgan bo’lgan. Bu haqda qirg’izistonlik tijoratchilar ma’lum qilgan.
Avvalroq Qirg’izistonning O’sh viloyati hamda O’zbekistonning Andijon viloyati chegarasida bir guruh Xitoy mevasini olib o’tuvchilar ushlangan edi.
Mahalliy tijoratchi Matlyuba opa uzoq vaqt pinhona yo’llar orqali chegara bo’yida savdo yuritib kelgan. U hozirda ushbu amaliyotdan chetlagan.
“Chegarada savdo-sotiq bilan shug’ullanardim. To’xtatib qo’ydim. Sababi oxirgi paytlarda qiynalib ketdim, bojgirlar yukimni o’tkazmay qo’ygan, yukim ushlangan kunlar ham bo’ldi. Uni ustiga yo’l kiralar oshib ketdi. Ayrim vaqtlarda mollar aylanma yo’llar bilan o’tayapti. Ammo ushlanib qolsangiz, tovaringiz musodara bo’ladi. Bu ish juda xatarli. Har doim molingiz ushlanaversa, kim bu bilan shug’ullanadi”, -deydi u.