Qirg’iziston janubini qaqshatgan 2010-yil iyun voqealaridan so’ng O’sh va Jalol-Obodda o’zbek tilidagi ommaviy axborot vositalari soni qisqardi. Qirg’indan ikki yil o’tib, vaziyat bir oz o’nglangan, biroq, deydi Vashingtonga xizmat safari bilan kelgan o’shlik jurnalist Shohruh Soipov, janubda o’zbek jurnalisti bo’lish hali ham xatarli. O’zbek matbuoti nazorat ostida. (To'liq suhbatni quyidagi audio player orqali tinglang)
Shohruh Soipov Qirg’iziston janubida 2007-yil oktabrida otib ketilgan jurnalist, “Amerika Ovozi” muxbiri Alisher Soipovning ukasi. Akasining yo’lidan borgan Shohruh ham gazetaga asos solib, janubdagi o’zbek aholini axborot bilan ta’minlashga o’z hissasini qo’shmoqda.
Shohruhning aytishicha, Qirg’izistonda o’zbek matbuotiga munosabat ijobiy emas.
O’sh voqealarini taftish qilgan xalqaro komissiya xulosasiga ko’ra, qirg’iz matbuotida millatchi ruhdagi materiallarning ko’pligi zo’ravonliklarga yetaklagan omillardan biri bo’lgan. Shohruh Soipovning aytishicha, hukumat o’tmish xatolaridan saboq olmagan.
Alisher Soipov “Amerika Ovozi”ga muxbirlik qilish bilan birga “Siyosat” gazetasiga ham asos solgan edi. O’limidan so’ng gazeta chiqmay qo’ygan edi. Uch yil o’tib Shohruh ham gazeta ochdi, ammo hozircha faqat dayjest shaklida.
24-oktabr kuni Alisher Soipovning hayotdan bevaqt ko’z yumganiga besh yil bo’ladi. Uning o’limi Qirg’izistondagi o’zbek jurnalistikasi uchun jiddiy yo’qotish bo’lgan. Ukasi Shohruhning aytishicha, uning xotirasini abadiylashtirish uchun O’shda muzey tashkillashtirish rejalanyapti.
Your browser doesn’t support HTML5