Peres, Abbos, Papa Yaqin Sharq tinchligi uchun ibodat qildi

  • Amerika Ovozi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos (chapda), Rim papasi Frensis (markazda) va Isroil prezidenti Shimon Peres Vatikandagi bog'da, 8-iyun, 2014-yil

Isroil prezidenti Shimon Peres, Falastin rahbari Mahmud Abbos va Rim papasi Frensis Vatikanda uchrashib, Yaqin Sharq tinchligi uchun ibodat qilishga qaror qildi.

Papa ikki rahbarni o’tgan oy taklif qilgan edi. U o’zaro uchrashuv tinchlik sari yangi yo’l ochadi deya umid qilmoqda.

"Urushdan ko’ra tinchlikparvarlikka da’vat ko’proq mardlik talab qiladi. Mard insongina uchrashuvga “ha”, mojaro va adovatga “yo’q” deb, muloqotga “ha”, zo’ravonlikka “yo’q” deb javob bera oladi", - dedi Frensis.

Vatikanda nasroniy ruhoniylar, imomlar va yahudiy ravvinlar to’planib, ivrit, arab, ingliz va italyan tillarida ibodat qilishdi.