Venesuelada Chavesning vorisi prezidentlikka saylandi

  • Amerika Ovozi

Venesuela muvaqqat rahbari Nikolas Maduro prezident saylovlarida g'olib bo'ldi, Karakas, 14-aprel, 2013-yil.

Venesuelada o’tgan prezident saylovlarida muvaqqat rahbar Nikolas Maduro bir yarim foiz farq bilan asosiy raqibi Enrike Kaprilesni mag’lub etib, prezidentlikka saylandi. Ammo Kapriles mag’lubiyatini tan olmoqchi emas. Uning aytishicha, ovozlar soxtalashtirilgan.

Saylov komissiyasiga ko’ra, Maduro 50.66, Kapriles esa 49.07 foiz ovoz olgan. Qolgan nomzodlar jami yarim foizdan kam ovoz to’plagan.

Maduro tarafdorlari poytaxt Karakas ko’chalariga chiqib, marhum Ugo Chaves vorisining g’alabasini nishonlamoqda. Maduro Chaves ishini davom ettirishga va’da berdi.

Biroq Kapriles ovozlarni qayta hisoblashni talab qilmoqda.

"Bugun men emas, Maduro mag’lub bo’ldi. Har bir ovoz hisoblanmaguncha, saylov natijasini tan olmaymiz", - dedi Kapriles.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1641424&w=640&h=506&skin=embeded