Amerika va Vyetnam o'rtasida aloqalarni tiklash, adovatni unutish uchun yillar ketdi va hech bir tomon uchun oson bo'lmadi, deydi Davlat kotibi Jon Kerri.
Aloqalar tiklanganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan Xanoyda so'zlagan bosh diplomat Vyetnam ahliga minnatdorchilik bildirdi.
"Halok bo'lgan minglab askarlarimizni qidirib topishga yordam berdingiz, garchi o'zingiz ham minglab zobitlarni tobutga qo'ygan edingiz", - deydi Kerri.
"Uyingizga kiritdingiz. Qamoqxonalarga kiritdingiz. Mina maydonlarini tozalashga yordam berdingiz", - dedi AQSh bosh diplomati.
Shu bilan birga, savdo rishtalari jadal bo'lsa-da, Qo'shma Shtatlar Vyetnamda inson huquqlari bilan bog'liq xavotirlarni bot-bot eslatadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5