"Amerika Ovozi" O'zbekistondagi muxbiri taqdiridan xavotirda

  • Amerika Ovozi

Abdumalik Boboyev, "Amerika Ovozi" muxbiri

"Amerika Ovozi"ning O'zbekistondagi jamoatchi muxbiri Abdumalik Bobayev Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoiy kodeksning to'rt moddasi bo'yicha ayblanmoqda.

Xususan, chet elga noqonuniy kirib-chiqqanlik, tuhmat va haqoratda hamda davlat xavfsizligiga raxna soluvchi materiallar tayyorlab, ularni tarqatganlikda.

Tashkilot direktori Denfort Ostinning aytishicha, "Amerika Ovozi" jurnalistlari o'z ishini haqqoniy bajargani uchun jazolanmasligi lozim. Boboyev unga qo'yilayotgan ayblovlarni rad etadi.

Parijda asoslangan "Chegara Bilmas Muxbirlar" va boshqa ko'plab tashkilotlar nazarida ham 41 yoshli muxbirimizga qo'yilgan ayblovlar asossiz.

Abdumalik Bobayev Malik Mansur taxallusi ostida "Amerika Ovozi"ga uzoq yillardan beri ishlab keladi.

Tashkilot Toshkentdagi jamoatchi muxbirini professional, o'z kasbiga sodiq va ishonchli mutaxassis deb hisoblaydi va u yuqoridagi ayblovlardan soqit qilinadi degan umidda.

Jurnalistga topshirilgan ayblov xulosalari bilan quyidagi varaqlarda tanishishingiz mumkin:

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 1-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 2-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 3-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 4-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 5-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 6-bet


Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 7-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 8-bet


Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 9-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 10-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 11-bet

Amerika Ovozi muxbiriga berilgan ayblov xulosalari 12-bet