AQShning Ukraina bo’yicha maxsus elchisi Kurt Volkerning aytishicha, Rossiya Ukraina sharqida kechayotgan urushga javobgar. Shu oy boshida mazkur lavozimga tayinlangan Volker o’tgan hafta Donbassda bo’lib, vaziyatni o’rgangan.
Volker shu hafta Ukraina, Rossiya, Germaniya va Fransiya vakillari bilan muloqot qilmoqchi.
"Nima bo’lganini ko’rdik. Mojaro qanday boshlanganini angladik. Qo’shma Shtatlar bu masala bilan yaqindan shug’ullanishi kerak. Ukraina hududiy yaxlitligini tiklash yo’llarini izlashimiz kerak”, - dedi AQSh rasmiysi.
So’nggi kunlarda Ukraina sharqidagi to’qnashuvlar oqibatida kamida 11 odam nobud bo’lgan.
Shu hafta AQSh Kongressi Rossiyaga qarshi qo’shimcha sanksiyalarni o’z ichiga olgan yangi qonun bo’yicha ovoz beradi.