Yaqinda Nyu-York shahrida asli o'zbekistonlik Kristina Mirbabayeva boshchilik qilgan jinoiy guruh tibbiy sug'urta dasturlarini suiiste'mol qilib, millionlab dollar pul o'margani fosh bo'ldi.
35 yoshli Mirbabayeva, uning turmush o'rtog'i Aleksandr Kopenkin va onasi Irina Fedorova shifokorlar, klinikalar va "bemor" yollovchi boshqa shaxslar bilan til biriktirib, tibbiy sug'urta dasturlaridan pul o'marish bo'yicha jinoiy sxema ishlab chiqqan. Natijada 2015-yilning yanvaridan 2017-yilning noyabrigacha 146 million dollar mablag' o'g'irlangan, deyiladi ayblov hujjatida.
Bunday firibgarlik holatlari faqat tibbiyot sohasi bilan cheklanmagan. Ular turli darajalarda, turli sohalarda muhojirlar orasida tez-tez uchrab turadi.
Grin karta uchun ariza toshirish paytidan boshlab, AQShga kelgach soliq deklaratsiyasini to'ldirish, ijtimoiy yordam olishgacha bo'lgan turli dasturlarda muhojirlar bilib-bilmay firibgarliklar bilan yuzlashadi. Agar fosh bo'lsa, bularning qanday oqibatlari bor? Yangi kelgan muhojirlar bunday firibgarliklar qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilishi kerak?
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu mavzuda suhbatlashdik. Suhbatimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5